"Real" Kroosga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
26 okt 2021, 16:53
Germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroos Madridning "Real" klubidan yangi mehnat shartnomasi olishi mumkin.

Tomonlar muzokaralarga kirishishdi va bitimni ikki yilga uzaytirishni muhokama qilishmoqda. Amaldagi bitim 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq Kroosga "Liverpul" va "Manchester Siti" qiziqayotgani borasida xabarlar yangragan edi.

Nemis ispan grandida 2014 yilning iyulidan beri o'ynaydi. 31 yoshli xavbek joriy mavsum 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes