"Real" yirik g'alabani tantana qildi
06 okt 2014 00:59
Yangiliklar
"Real" yirik g'alabani tantana qildi
Ispaniya chempionati, 7-tur.
"Real" - "Atletik" 5:0
"Santyago Bernabeu" stadioni.
Bosh hakam: Alexandro Ernandez.
Gollar: Ronaldo (3, 55, 89), Benzema (41, 69).
"Real": Kasilyas, Pepe, Ramos (Varan, 46), Marselo, Karvaxal, Kroos (Ilyarramendi, 74), Rodrigez, Beyl, Modrich, Ronaldo, Benzema (Isko, 79).
"Atletik": Irayzoz, Laport, Gurpegi, Balenziaga, Eychberria (Gomes, 46), Itturaspe, de Markos, Susaeta (Lopez, 72), Riko, Muniain (Xabier, 75), Gillermo.
Ogohlantirishlar: de Markos (25) Ramos (28), Balensiaga (34).
MATNLI TRANSLYACIYA
- "Real" navbatdagi g'alabasini nishonlamoqda. Barcha "Real" muxlislari ushbu yirik g'alaba bilan tabriklaymiz!
90` UCHRASHUV YAKUNLANDI!
88` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO! XET-TRIK!
81` Iker Kasilyas jamoasini muqarrar goldan saqlab qolmoqda. Fernandesning zarbasini Iker bartaraf etishga erishdi.
79` "Real"da so'nggi o'zgarish. Benzama maydonni tark etdi. Isko qolgan daqiqalarda uchrashuvni davom ettiradi.
76` Mehmonlar safida ham o'zgarish. Muniain o'z o'rnini Xabierga bo'shatib berdi.
75` "Real" tarkibida o'zgarish. Toni Kroos o'rniga Ilyarramendi tushirildi.
74` "Real" oldinga borishga "erinchoqlik" qilmoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari yana bir necha marotaba gol urishlari mumkin edi. Lekin jamoa o'z kuchini tejab o'ynamoqda. Asosiy masala hal etilgan.
70` Ronaldo Karim Benzemani to'p bilan taminladi va franciyalik hujumchi ham uchrashuvdagi o'zining ikkinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi.
69` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Karim Benzema!
64` Ronaldo jarima maydonchasi markazi tomon turgan Beylni qidirib topdi. Garet Beyl tomonidan yo'naltirilgan zarbani raqib posboni ushalb olishga erishdi.
60` Gomesning kuchli zarbasini Kasilyas qaytarib qolmoqda! Xavfli zarba bo'lgandi, lekin madridliklar posboni o'z o'rnida.
58` Xamesning pasidan so'ng Beyl ham gol urish imkoniga ega bo'lgandi. Lekin uning zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.
55` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO! Garet Beylning to'p oshirishidan so'ng Ronaldo uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirmoqda.
50` "Atletik" ikkinchi bo'limni birinchisidan ko'ra yaxshiroq boshlamoqda. Nihoyat "Real" himoyachilariga ham ish topilib qoldi.
47` "Atletik" safida ham o'zgarish. Benyat o'rniga Gomes tushirildi.
47` "Real"da o'zgarish. Varan Ramosning o'rnida ikkinchi bo'limda harakat qiladi.
46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45` Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!
43` "Real" bugun o'z hujumlari orqali "Atletik" himoyachilariga engil nafas olishga imkon berishmayapti.
41` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KARIM BENZEMA! Luka Modrichning to'p oshirishidan so'ng hammadan baland sakragan Benzema tablodagi hisobni 2:0ga etkazdi.
38` Beyl bugun juda faol.
35` Beyl o'zining qanotidan "reyd" uyushtirayotgan bir paytda Balensiaga to'pga qo'li bilan tegdi. Hakam esa cho'ntagidan sariq kartochkani oldi.
33` Ronaldo bu safar laynsmenning bayroqchasi ko'tarilishiga sabab bo'ldi.
29` Ramos ham o'zining sariq kartochkasini ishlab oldi.
27` de Markos Marseloga nisbatan qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirish oldi. Belgilangan jarima to'pi xavfli bo'lishi mumkin edi. Ammo Xamesning etkazib bergan to'pini raqib futbolchilari bartaraf etishga erishishdi.
26` Ronaldo Xamesni qanotdan "qochirib" yubordi. Lekin Rodrigezning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'pini "Atletik" himoyachisi qaytarib yubordi.
22` Benzema yana offsaydda qolib ketmoqda.
20` Futbolchilar to'qnashuvi ko'p kuzatilmoqda. Bu safar Ramos noqulay yiqildi.
17` Ronaldo va Beyldan ajabtovur harakatlar...
15` Benyat va Karvaxal to'p uchun kurashda to'qnashib ketishdi. Har ikkala futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
12` Beyl o'z qanotidan hujum boshladi. Lekin uning uzatib bergan to'piga egalik qilmoqchi bo'lgan Benzema o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
10` Krishtiano Ronaldo! Irayzoz! Ronaldo ikki himoyachi o'rtasidan darvoza tomon zarba berdi. Lekin mehmonlar posboni bu vaziyatda Ronaldoning rejalarini birbod qilmoqda.
8` "Atletik" hozircha o'yin darajasiga tushib olganicha yo'q. Ular ham bugun shunchaki to'p tepish uchun kelishmaganliklarini isbotlashga urinib ko'rishlari aniq.
7` "Real" uchrashuv debyutini ajoyib tarzda boshladi. Tezkor kiritilgan goldan so'ng maydon egalari o'zlari istagandek harakat qilishlari mumkin.
5` Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. Bu voqealar rivojiga qanday o'zgartirish kirita olar ekan? Buni ko'ramiz.
3` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO!!!! Beylning to'p uzatishidan so'ng Ronaldo Irayzoz qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi, 1:0!
1` Uchrashuv boshlandi!
- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatining 7-tur uchrashuvi "Real" - "Atletik" jamoalari o'rtasida bellashuvdan reportajimizni boshlaymiz.
- Uchrashuv soat 00:00da boshlanadi.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar