"Real" hujumchisi "Milan"ga o'tishi mumkin
11 may 2020 20:58
Yangiliklar
AS xabariga ko'ra, "Real" hujumchisi Luka Yovich "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Rossoneri" 22 yoshli hujumchini jamoadan ketishi kutilayotgan Zlatan Ibragimovichning o'rniga olib kelmoqchi. So'nggi paytlarda shveciyalik futbolchi rahbariyat bilan tez-tez munozaraga bormoqda.
Qayd etilishicha, milanliklar Yovichni bir mavsumga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
Ushbu mavsumda Yovich 15 o'yinda 2 gol va 1 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar