"Real" himoyachisi "Yuventus"ga o'tadi
03 iyu 2017 10:45
Yangiliklar
Malumotlarga ko'ra, klublar deyarli braziliyalik futbolchining transferini kelishib olishdi. "Keksa sinora" Danilo uchun 20 mln. evro to'laydi.
Danilo 2015 yil "Portu"dan "Real"ga o'tgan edi. "Qirollik klubi" u uchun 31,5 mln. evro to'ladi, biroq Danilo kutilganidek o'yin ko'rsatmadi. So'nggi mavsum natijalariga ko'ra, u LaLiganing 17 ta uchrashuvida ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. "Real" hamda braziliyalik o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar