"Real" himoyachisi yana jarohat oldi va 6 haftani o'tkazib yuboradi
03 apr 2023 18:15
Yangiliklar
"Real" himoyachisi yana jarohat oldi va 6 haftani o'tkazib yuboradi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Ferlan Mendi oyoqosti mushaklarini shikastlab oldi.
Ispaniyalik hamkasblarimizning xabar berishicha, franciyalik o'yinchi ushbu shikastlanish tufayli yana 6 haftani o'tkazib yuboradi. Bu orada "Real" CHempionlar Ligasida “CHelsi” bilan chorak final uchrashuvlari va "Barselona"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim finali javob o'yinini o'tkazadi.
Etiborlisi, Ferlan Mendi yanvar oyi oxirida jarohat olgan edi. O'shandan beri u faqat bir marta "Barselona" bilan to'qnashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar