"Real" himoyachisi faoliyatini "Santyago Bernabeu"da yakunlash niyatida

Eldor Akmurzayev
16 apr 2019, 00:30
Real o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal faoliyatini mazkur klub safida yakunlamoqchiligini bildirdi.

“Bu yerda o'zimni faoliyatimning so'nggigacha ko'rmoqdaman. Agar Real ham shunday fikrda bo'lsa, unda men faoliyatimni Santyago Bernabeuda tugataman. Avvalroq, APLga qiziqayotganim haqida gapirgan edim. Biroq, nafaqagacha Madridda qolishimni istaydigan bo'lishsa, u holda o'ylab o'tirmasdan shu yerda qolardim”, – deydi 2013-yildan buyon madridliklar sharafini himoya qilib kelayotgan himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca