

Braziliyalik futbolchi "Atletik"ka qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 50-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi.
U Oyan Sanset bilan to'p uchun kurashda muvozanatini saqlay olmadi va maydonga yiqildi. Shundan keyin u ko'zida yosh bilan maydonni tark etdi.
Futbolchi tizzasini jarohatlab olgan. Hozircha uning qancha muddatni o'tkazib yuborishi ma'lum emas.



