"Real" futbolchisi yangi mavsumni APLda boshlashi mumkin
16 iyu 2019 20:10
Yangiliklar
"Real" futbolchisi yangi mavsumni APLda boshlashi mumkin
"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos ijara asosida "Arsenal" klubiga o'tishga yaqin.
22 yoshli xavbek uchun "Tottenxem" va "Milan" jamoalari ham kurash olib borishayotgan edi. Uning o'zi "kanonir"lar safiga borib qo'shilishni tanladi.
Sebalosning transferi bo'yicha yakuniy qarorni madridliklar ustozi Zinedin Zidan qabul qiladi.
Ayni paytda ispaniyalik yarim himoyachi Evro-2019 (U-21) musobaqasidagi chempionlik va turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topilganidan so'ng vaqtini dam olishga sarflamoqda.
Avvalroq, "Real" Sebalosni 50 mln. evroga baholayotgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar