"Real" futbolchisi Madridga qaytgisi yo'q
15 dek 2017 20:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/294538_original.jpg)
![](/upload/storage/294538_220.jpg)
"Real" futbolchisi Madridga qaytgisi yo'q
"Bavariya"da ijarada o'ynayotgan kolumbiyalik Xames Rodrigez "Real"ga qaytish haqida o'ylamayapti.
Xames Rodrigez ayni paytda faqat va faqat "Bavariya" haqida jon kuydirayotgani va Myunxenda baxtli ekanligini takidlab o'tdi.
"Real"ga qaytish? Bilmadim. To'g'risi, hozir faqat "Bavariya" haqida o'ylayapman. Meni bu jamoa bilan ikki yillik ijara shartnomam mavjud. Barcha ishlar yaxshi ketmoqda. Myunxenda meni barcha sharoit qanoatlantirmoqda", - dedi Xames Rodrigez.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" shu yili yozda Xames Rodrigezni 42 million evroga sotib olish huquqi bilan 2 yillik ijaraga olgan.
Xames Rodrigez joriy mavsum Bundesligada 11 o'yin o'tkazdi va 2ta gol urib, 3ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar