"Real" futbolchisi atayin sariq kartochka olgani uchun ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi
08 dek 2017 12:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/293315_original.jpg)
![](/upload/storage/293315_220.jpg)
"Real" futbolchisi atayin sariq kartochka olgani uchun ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi
UEFA tartib-intizom qo'mitasi Real himoyachisi Daniel Karvaxalni APOEL (6:0) bilan o'yindagi harakati uchun jazoladi.
UEFA reglamentiga ko'ra ispaniyalik futbolchi atayin sariq kartochka olgani uchun ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi. U o'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda to'pni autdan otishda vaqt cho'zgani uchun sariq kartochka olgandi.
Karvaxal guruh bosqichining 6-turidan o'rin olgan «Borussiya D» (3:2) bilan o'yinni o'tkazib yubordi, endi u ECHL 1/8 finali dastlabki uchrashuvida ham maydonga tushmaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar