"Real" futbolchilari Zidandan norozi
30 noy 2020 19:51
Yangiliklar
"Real" futbolchilari Zidandan norozi
Madridning "Real" klubi futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidandan norozi.
Bu haqda SER jurnalisti Anton Meana xabar bermoqda:
"Zidan bugunga qadar jamoaning kiyinish xonasida bunday qiyin vaziyatga duch kelmagan edi. Ayni paytda ko'plab o'yinchilar o'zi haqida qayg'urmoqda. Ularni yangi shartnoma borasidagi muzokaralar, jarohatlar tashvishga solmoqda, ammo futbol emas.
Zidan asosiy tarkibni elon qilganda kiyinish xonasida norozi kayfiyatdagi futbolchilar topiladi. Franciyalik mutaxassis buni nazorat qilolmasligini tushunadi. Zidanga ushbu vaziyatni qabul qilish juda qiyin".
Avvalroq Zidanning o'rnini "Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino egallashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar