So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

"Real" futbolchilari yiliga qancha maosh olishadi? Yangiliklar

"Real" futbolchilari yiliga qancha maosh olishadi?

Madridning "Real" klubi futbolchilari yiliga qancha maosh ishlab topishlarini bilasizmi?

Saytimiz o'quvchilari orasida "qirollik klubi" muxlislari ko'plab topiladi. Hozir sizlarga "Real" futbolchilarining yiliga qancha maosh ishlab topishlarini taqdim etaman.

O'z-o'zidan birinchilardan bo'lib ro'yxatni darvozadan boshlaymiz


DARVOZABONLAR


Keylor Navas

Kostarikalik darvozabon Keylor Navasning yillik maoshi 5 mln. evro, Kiko Kasalyas esa 1,7 mln. evro ishlab topadi.
Keylor jamoaning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Navas la Liga, ECHL, Superkubok UEFA va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida muntazam ravishda ishtirok etib keladi.

Kasilya

Kasilya Ispaniya kubogi bahslarida ishtirok etib kelayotgan edi. Kasilya endi aniq Ispaniya kubogi bahslarida ishtirok etmaydi. CHunki, ushbu darvozabon "Real"ni tark etdi. Keylor Navas jarohat olganida Kasilya La Liga bahslarida ishtirok etgan. Uchrashuvlardan birini "Atletiko" jamoasiga qarshi o'tkazdi. SHuningdek Kasilya ECHL musobaqasida "Tottenxem" va "Apoel" jamoalariga qarshi o'yinlarda ham maydonga tushgan.



HIMOYACHILAR


Teo Ernandes

Yozgi transfer vaqtida "Real"ga ko'chib o'tgan himoyachi Teo Ernandes tahminan yiliga 3 million evro ishlab topadi. Uning poziciyasida Marselo harakat qiladi. SHuning uchun ham Teo har doim asosiy tarkibdan joy olavermaydi.



Dani Karvaxal

Dani Karvaxal dunyoning eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi. Dani Karvaxal "Real" tarkibida yiliga 5 million evro ishlab topadi.



Marselo

Braziliyalik himoyachi Marselo "qirollik klubi"da yiliga 5,8 million evro maosh ishlab topadi. Himoyachi ushbu pullarni shunchaki ishlab topmaydi, Marseloga chindan ham kamroq maosh to'lashadimi?


Rafael Varan

Rafael Varan ham Marselo kabi yiligi 5,8 millon evro ishlab topadi. Varan "Real" tarkibida muntazam ravishda maydonga tushadi. ECHL musobaqasida kichik jarohati borligi bosi "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgan. Mushaklaridagi jarohat bois La Liganing 7ta uchrashuvini o'tkazib yuborgan. Jamoa bosh murabbiyi Zidan kubok bahsida Varanni jamoa sardori sifatida maydonga tushirgan.



Serxio Ramos

Serxio Ramos dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi himoyachilardan biri hisoblanadi. Ispaniyalik futbolchi "Real" tarkibida o'n ikki yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Ramos "Real" tarkibida yiliga 12 million evro maosh ishlab topadi. Himoyachi juda ham ko'p uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushadi, ammo har doim ham barqaror o'yin ko'rsata olmaydi. So'nggi paytlarda Ramos 90+ daqiqadan so'ng, muhim golni raqib darvozasiga kiritishiga o'rganib qolganmiz.



YARIM HIMOYACHILAR


Luka Modrich va Toni Kross

Xorvatiyalik Luka Modrich jamoa safida yiliga 10,5 million evro maosh oladi. Germaniyalik Toni Kross esa yiliga sal kam 12 mln. evro maosh oladi. Ushbu ikki futbolchi maydon markazida jamoaning o'yinini tashkil qiladi. Ular jarohat olganida esa, "Real"ga oson bo'lmaydi.

Isko

Hozirgi kunda Isko juda ham yaxshi sport formasida. Transfer avvalida Iskoni "Yuventus" o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilayotgan edi. SHuningdek Kataloniyaning "Barselona" jamoasida ham qiziqish paydo bo'lgandi. Ayni damda Isko dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida faoliyat olib bormoqda. Yarim himoyachi "Real" tarkibida yiliga 6 million evro maosh ishlab topadi.


Kazemiro

Kazemironi unchalik yaxshi tayanch yarim himoyachisi deya etirof etishmaydi. Kazemiro dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi bo'lmasa ham yiliga 5 million evro ishlab topadi. SHuningdek, Kazemiro o'tgan yili ECHL final bosqichida #Yuventus" darvozasiga g'alaba to'pini kiritgan.



Mateo Kovachich

Yarim himoyachilar ro'yxatini Kovachich bilan yakunlaymiz. Mateo "Real" tarkibida yiliga 4,5 million evro maosh ishlab topadi. Futbolchi jamoaning asosiy yarim himoyachisi hisoblanmaydi. Lekin, unda maydonga tushish uchun imkoniyat paydo bo'lganida ishonchni oqlaydi. Misol uchun Ispaniya Kuperkubogida Messini qanday qilib to'xtatib qolgani bunga yaqqol misol.


HUJUMCHILAR


Lukas Vaskes 

Ispaniyalik Lukas Vaskes yiliga 3,5 million evpr ishlab topadi. Vaskes barcha musobaqalarda ishtirok etib 38 uchrashuvda maydonga tushgan. Vaskes faqat kubok bahslarida asosiy tarkibda maydonga tushadi. Uning vatandoshi Marko Asensio esa yiliga Vaskesdan bir million evro ko'proq, yani 4,5 million evro maosh oladi. Marko Asensio jamoa tarkibida 37 uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.


Karim Benzema

Karim Benzema yiliga deyarli 9 million evro ishlab topadi. Ushbu mavsumda Benzema raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg'ol qilgan. SHunday bo'lsada jamoa bosh murabbiyi  Zinedin Zidan uni qo'yib yuborishni istamayapti. "Real" prezidenti Florentino Peres esa buning aksini amalga oshirmoqchi. Peres Benzemaning o'rniga Keyn va Levandovskini olib kelish niyatida.


Garet Beyl

Uelslik Garet Beyl yiliga 20 million evro ishlab topadi. Beyl 25 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 10 marotaba ishg'ol qilgan va 7 marotaba golli uzatma oshirgan. Beyl yaxshi futbolchi, lekin u jarohatlar girdobidan chiqa olmayabdi. Futbolchining faoliyatida qanday o'zgarishlar bo'lishini kuzatib boramiz.


Krishtianu Ronaldu

"Real" klubining asosiy figuralaridan biri portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Ronalduning shartnomasida yiliga 32 million evro maosh olishi ko'rsatilgan. SHunday bo'lsada klub yiliga uning soliqlarini to'laydi, shundan qolgan 21 million evro Ronalduning qo'liga tegadi. Ko'pchilik futbol muxlislari Beyl Ronaldu bilan yiliga deyarli bir xil maosh olishi mumkin, deb o'ylashi aniq. Hozir buni tushuntirib o'taman. Garet Beyl yiliga 20 million evro maosh oladi va shundan 5 million evrosi davlatga to'lanadi. SHunda Beylning qo'liga 15 mln. evro tegadi.


sports.ru saytidan Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика