"Real" futbolchilari: "Mourino bizni tinchi qo'ysin, biz unga maydonda javob beramiz"
29 dek 2014 11:18
Yangiliklar


"Real" futbolchilari: "Mourino bizni tinchi qo'ysin, biz unga maydonda javob beramiz"
"Real" futbolchilari CHempionlari ligasida "CHelsi" bilan uchrashishni xohlashmoqda.
Bu xohish ingliz jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan bog'liq. Oldinroq Mourino "CHelsi"dagi o'z futbolchilaridan xursandligini va jamoada o'zini yaxshi his qilayotganini takidlagan edi. Ispaniyada mutaxassisning bu so'zlarini "Real"ga kesatish sifatida qabul qilishdi.
"Qani endi ular bilan CHempionlari ligasida duch kelsak. Agar finalga chiqsak, raqibimiz "CHelsi" bo'lishini istayman. Mourino bizni tinch qo'ysin. Hammasi ortda qolgan" - deydi ismi malum qilinmagan "Real" futbolchisi.

Fikrlar