"Real" FIFA qoidalarini buzmaganligi haqida rasmiy xabar berdi
27 jan 2015 15:56
Yangiliklar


"Real" FIFA qoidalarini buzmaganligi haqida rasmiy xabar berdi
FIFA "Qirollik klubi"da voyaga etmagan futbolchilarning transferi borasida tekshiruv ishlarini olib borayotgan edi. SHu sababli FIFA Ispaniya futbol federaciyasidan "qaymoqranglilar"ning transferlarga oid barcha hujjatlarini taqdim etishni talab qildi.
"Real"ning rasmiy xabarida, shunday deyiladi: "Real" yosh, voyaga etmagan futbolchilarning himoyasi va barcha transferlarda qoidalarga rioya qilish tarafdoridir. Belgilangan muddat ichida "Real" so'ralgan barcha hujjatlarni taqdim etdi. FIFA 51 nafar futbolchi haqida hisobot so'radi. Ulardan biri ro'yxatda ikki marta qayd etilgan. 10 nafar futbolchi ispanlar, 6 nafari voyaga etganlar, 2 nafar futbolchi FIFA roziligidan so'ng jamoaga qo'shilgan va yana 2 nafari amaldagi qonun kuchga kirishidan oldin ro'yxatga olingan. 23 nafar futbolchi ispan klublariga qarashli. Ikki nafar futbolchi "Real"da hech qachon bo'lmagan, yana 4 nafar futbolchi ro'yxatda istisno qilingan. Quyida keltirilgan malumotlar "FIFA"ning barcha qoidalariga to'g'ri keladi".

Fikrlar