Real 9 kun tayyorlanadi, 9 kun!. Bizchi?. Gvardiola Manchester Sitining taqvimidan norozi
01 apr 2024 09:12
Yangiliklar
Real 9 kun tayyorlanadi, 9 kun!. Bizchi?. Gvardiola Manchester Sitining taqvimidan norozi
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola Realga qarshi CHempionlar Ligasi 1/4 finali oldidan jamoasining tig'iz taqvimidan noroziligini bildirdi.
«Biz 3 aprel tunda «Aston Villa» bilan, keyin 6 aprel shanba kuni soat 16:30da «Kristal Pelas» maydonida o'ynaymiz! SHundan so'ng seshanba kuni Madridga boramiz. «Real» esa 9 kun tayyorlanadi, 9 kun!
Men o'z klubimni himoya qilyapman. Har 3 kunda o'ynaymiz. Boshqa bir hech bir jamoa biznikidek vaziyatda emas. Bizda doim tiklanishga kam vaqt bo'ladi. Hech kim bu haqida o'ylamaydi. Franciyada «PSJ» ECHLdan oldingi hafta o'rtasida o'ynamaydi, Portugaliya klublari evrokubok oldidan ligadagi o'yinlarini juma kuni o'tkazishadi», — dedi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar