So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  1 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

"Real" chorak final masalasini dastlabki o'yindayoq osonlashtirib oldi Yangiliklar

"Real" chorak final masalasini dastlabki o'yindayoq osonlashtirib oldi

Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi "SHalke" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

ECHL, 1/8 final.

Birinchi o'yin.

"SHalke" - "Real" 0:2

Feltins-Arena.

Gol: Ronaldo (26), Marselo (79).

"SHalke": Vellenroyter, Xyovedes, Boateng, Xeger (Mayer, 80), SHupo-Moting, Aogo, Uchida, Xuntelaar (Platte, 33), Nastasich, Matip, Noyshtadter (Kirxoff, 57).

"Real": Kasilyas, Varan, Pepe, Karvaxal (Arbeloa, 82), Marselo, Kroos, Lukas Silva, Isko (Ilyarramendi, 85), Beyl, Ronaldo, Benzema (CHicharito, 78).

Ogohlantirishlar: Kroos (9), Boateng (34), Noyshtadter (45), Kirxoff (63).



                                   MATNLI TRANSLYACIYA

                                               YANGILASH


"SHalke" - "Real" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog'-salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` "SHalke" futbolchilari uchinchi golni o'tkazib yubormaslik uchun etiborlarini himoyaga qaratishmoqda.


87` "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turib vaqtni o'tkazmoqda...


85` "Real"da so'nggi o'zgarish. Isko o'rniga Ilyarramendi tushirildi.


83` "SHalke" hech bo'lmasa bitta gol urish maqsadida oldinga bormoqda. "Real" himoyachilari esa ularga imkon berishmayapti.


82` "Real"da ham o'zgarish kuzatildi. Karvaxal o'rniga Arbeloa maydonga chiqdi.


80` "SHalke"da o'zgarish. Xeger o'rniga Mayer o'yinni davom ettiradigan bo'ldi.


79` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARSELO! SUPER GOL! Ronaldodan to'pni qabul qilib olgan Marselo jarima maydonchasi atrofidan juda chiroyli zarba berdi va to'pni darvozaning "to'qqizligi"ga joylab qo'ydi, 0:2!


79` "Real"da o'zgarish ruy berdi. Karim Benzema o'rniga CHicharito maydonga tushdi.


78` Ronaldo Benzemani birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Lekin bu vaziyatda laynsmen bayroqchasini ko'tarib, o'yindan tashqari holat qayd etilganini bildirdi...


76` Vaziyat yakuniga etgandan so'ng Kasilyas darvoza to'siniga sakrab, qo'llari bilan urib qo'yib o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi.


75` Xavfli vaziyat! "SHalke" uyg'ondi! Stadion ham uyg'ongandek... Plattedan super zarba va to'p darvoza to'siniga tegib qaytmoqda. Uchida to'pni egallab oldi va raqibini aldab o'tib, zarba berdi. Rikoshetdan so'ng to'p shundoqqina Kasilyasni qo'liga borib tushdi.


74` Ronaldo bu safar to'pni "jonli-devor"dan o'tkaza olmadi.


73` Xavfli nuqtadan jarima zarbasi! "Real" uchun imkoniyat. Aniqrog'i, Ronaldo uchun yana bir vaziyat.


72` Xavfli vaziyat! ISKO! Isko Garet Beyl bilan chiroyli, "devor" uslubida o'ynadi va jarima maydonchasiga kirmasdan zarba yo'lladi. Birozgina noaniq!


70` "SHalke" juda ishonchsiz o'ynamoqda. Futbolchilarga qatiylik etishmayapti.


69` Nihoyat Kasilyas darvozasi tomon aniq zarba. Boatengning uzoqdan yo'llagan zarbasini bartaraf etishda Iker Kasilyas qiyinchilikka duch kelmadi.


67` "SHalke"da xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Xeger jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va Marseloni ortda qoldirib, keyinchalik to'pga eta olmay qoldi.


66` Vaziyatlarsiz davom etayotgan o'yinning 67-daqiqasi boshlanmoqda...


64` Hozirgina maydonga tushgan Kirxoff Karvaxalga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka ishlab oldi.


63` Xegerning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni Boateng o'zining kuchli zarbasi bilan yakunlamoqchi bo'ldi. Uzoqdan berilgan zarbaga esa aniqlik etishmadi.


61` Krishtiano Ronaldo to'pga zarba berishda xatoga yo'l qo'ydi va to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.


59` Rafael Varan bugun "Real" tarkibidagi o'zining 100-o'yinini o'tkazmoqda.


58` "SHalke"da navbatdagi o'zgarish ruy berdi. Noyshtadter o'z o'rnini Yan Kirxoffga bo'shatib berdi.


57` "Real" hujum qilishda davom etmoqda. Isko o'yindan tashqari holatda qolib ketganligi tufayli hujum uzilib qoldi.


55` "Real"ning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumi besamar ketdi. Vellenroyter jarima maydonchasi ichiga uzatib berilgan to'pni egallab oldi.


53` "Real" burchak to'pini amalga oshirdi. Vellenroyter to'pga chiqishda aniq o'ynadi va barchadan ildamroq harakat qilib, to'pni ushlab oldi.


51` "SHalke"da ajoyib imkoniyat paydo bo'lishi mumkin edi. Platte raqib jarima maydonchasi ichida biroz shoshib qoldi va to'pni SHupo-Motinga uzatmadi.


49` Benzema raqib jarima maydonchasi tomon kirib borayotgan bir paytda yiqildi va hakamga murojaat qildi. Atkinson esa undan o'rnidan turishi kerakligini so'radi.


47` "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!


45` Noyshtadter Benzemani ushlab qolgani uchun hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq deb topildi.


45` "Real" burchak to'pi tepdi. Ammo ushbu standart vaziyati ularga samara keltirmadi.


44` SHupo-Moting o'zining benazir driblinglari bilan Karvaxalni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Biroq keyinchalik o'zining xatosi bilan to'pni Kroosga berib qo'ydi. Xavfli hujum tashkil etilishi mumkin edi.


42` "Real"ning hujumlarini bartaraf etishda "SHalke" futbolchilari qiyinchilikka duch kelishmoqda.


40` Uhh! Qulay vaziyat! Ronaldo sal qolsa ikkinchi golni kiritishi mumkin edi. Vellenroyter to'pga chiqishda kech qoldi va Ronaldo to'pni undan olib o'tdi. Biroq portugaliyalik futbolchi zarba berishda kech qoldi. To'p maydondan chiqib ketgan edi.


38` Goldan so'ng mezbonlar Kasilyas darvozasi oldida vaziyat yaratishgani ham yo'q.


36` Krishtiano Ronaldo o'z uslubida ajoyib va kuchli zarbani amalga oshirdi. Vellenroyterdan esa super "seyv"! AJOYIB! BARAKALLA!


35` "Real" xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepadi. To'p oldida Ronaldo!


34` "SHalke"ga har tomonlama qiyin bo'lmoqda o'yin. Jarohat va majburiy o'zgarish. Dastlab Fermann, keyin Xuntelaar.


33` Majburiy o'zgarish. "SHalke"ning gollandiyalik tajribali hujumchisi Klass-Yan Xuntelaar jarohati tufayli o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga yana bir yosh debyutant Platte maydonga tushirildi.


32` "SHalke" hujumchisi Xuntelaar jarohat oldi.


31` Xavfli vaziyat! Karim Benzema darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va kuchli zarba yo'lladi. Yosh Vellenroyter qiyinchilik bilan bo'lsada bu zarbani ikkinchi urinishda ushlab olishga erishdi! Qoyil!


29` Ushbu goldan keyin "Real" ancha engil o'ynamoqda. "SHalke" esa biroz o'yinini yo'qotib qo'ygandek.


27` SHu vaqtga qadar "SHalke" darvozasi oldida hech qanday xavf solinayotgani yo'q edi. Birgina vaziyat va gol! "SHalke" himoyachilari Ronaldoni ko'zdan qochirishgani ularga qimmatga tushdi.


26` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO! "Real"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi samarali yakun topdi. Karvaxal tomonidan jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pni Ronaldo boshi bilan darvozaga yo'lladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 0:1!


26` Ajoyib hujumchi! Xavfli zarba! Klass-Yan Xuntelaar bir-ikki himoyachidan o'tib ketdi va chamasi 28-metrlar masofadan Iker Kasilyas darvozasi tomon zarba yo'lladi. Kasilyas qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi. Qaytgan to'pga esa zarba beradigan futbolchi topilmadi.


25` "Real"ning o'yinida tezkorlik ko'rinmayapti. Madridliklar juda sekin harakat qilishmoqda. "SHalke" esa to'pni olishi bilanoq o'z hujumini tezkorlik bilan rivojlantirmoqda.


23` "Real"ning oldingi chiziq vakillari unchalik faol emaslar. Ular deyarli o'yinda ko'rinishmayapti. O'tgan vaqt mobaynida "SHalke" raqibidan ko'ra mazmunliroq o'ynamoqda.


22` "Real" vaziyatni o'z qo'liga olishga urinmoqda. Karlo Anchelotti jamoasi to'pni raqibdan olib qo'yishga erishdi va hujumga o'tmoqda.


20` Xavfli zarba! Kuchli zarba! Noaniq zarba! Aogodan Kasilyas darvozasi tomon yurish bo'ldi. Biroq jarima maydonchasi atrofidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.


19` Lukas Silva uzoqdan Vellenroyter qo'riqlayotgan darvozani "o'qqa" tutmoqchi bo'ldi. Biroq zarba noaniq ketdi.


18` "Real" asosan qanotlar orqali mezbonlar himoya qo'rg'onini yorib o'tishga intilmoqda. Ammo ularning rejalarini "SHalke" futbolchilari tezda payqab qolishmoqda va ishonchli tarzda himoyalanishmoqda.


17` "SHalke" yomon o'ynamayapti. So'nggi besh daqiqadan buyon "Real" futbolchilari o'z jarima maydonchalari atrofida to'pni raqibdan olib qo'yishga harakat qilishmoqda.


15` Aogoning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi "jonli-devor"ga tegib qaytdi.


14` Lukas Silva Xegerga nisbatan qoidani buzdi. Jarima zarbasi. Kasilyas jonli-devorni o'rnatmoqda.


13` Narigi bahsda Gonzalez "Bazel"ni hisobda oldinga olib chiqqan golni urdi.


12` O'yin surati yuqori emas. Jamoalar asta-sekinlik bilan oldinga o'tishmoqda.


11` Toni Kroos Xyovedesga qarshi qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirish oldi.


10` Marselo o'z qanotidan hujumga bordi. Lekin mezbonlar himoyachisi to'pni undan olib qo'ydi.


8` "SHalke" ham hujumga o'tdi. SHupo-Moting va Boateng tomonidan tashkil etilayotgan hujum yakuniga etmay qoldi. Kevin-Princ Boateng to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi.


7` Toni Kroos to'pni Beylga uzatdi. Garet Beyl esa birinchi urinishdayoq to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirdi. Ammo bu vaziyatda Benzema to'pga zarba bera olmadi.


5` "Real"ning pozicion hujumi. "SHalke" himoyachilari hozirgi vaziyatda ishonchli o'ynashdi va xavfni bartaraf etishdi.


4` "SHalke" darvozasini bugun 19-yoshli Vellenroyter qo'riqlamoqda. Ushbu posbon uchun bugun debyut o'yin. Ancha masuliyatli bahs. Ko'ramiz, ushbu yosh nemis posboni uchrashuv davomida o'zini yo'qotib qo'ymasmikan...


3` To'p bilan mehmonlar muomalada bo'lishmoqda. "Real" hujumga o'tishga shoshilayotgani yo'q...


2` Jamoalar ehtiyotkorlik uchrashuvni boshlashmoqda. "SHalke" raqibga qarshi "pressing" qo'llamoqda...


1` O'YIN BOSHLANDI!


- ECHL madhiyasi jarang solmoqda...


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Evropada katta futbol bayrami kecha boshlangan bo'lsa, bugun yana davom ettirilmoqda. Germaniyada Gelzerkirxenning "SHalke" jamoasi o'z maydonida ECHL 1/8 final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi o'ynaydi. Ushbu uchrashuvdan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini uyushtiramiz. Demak bugun dastlabki bahs Germaniyada kechadi. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 00:45da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика