So’nggi yangiliklar

10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога ҳимоячи сотиб олади  3 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  1 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  5 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  6 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  4 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  6 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  1 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  17 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  5 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  23 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  3 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  6

"Real"? Boshqa jamoalar haqida gapirishni istamayman - Ronaldu ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Real"? Boshqa jamoalar haqida gapirishni istamayman - Ronaldu ishtirokidagi matbuot anjumani

ECHl doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Yuventus" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida turinliklar yulduzi Krishtianu Ronaldu jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Yaqin 2 oy ichida sizga doir ko'plab voqealar sodir bo'ldi. O'zingizni fitna qurboni deya hisoblaysizmi?
- Yo'q, menga individual sovrinlar, alohida etibor shart emas. Men bu narsalar qiziqtirmaydi. To'liq diqqat-etiborimni "Yuventus"ning o'yinlariga qaratishga majburman. O'tgan 2 oy ajoyib tarzda o'tdi. Men o'z oldimga shaxsiy jovonni sovrinlar bilan to'ldirish maqsadini qo'ymaganman.

- Siz uchta katta jamoani ichidan ko'rdingiz. "Yuventus" bilan "Real"ni taqqoslab bera olasizmi?
- Men taqqoslash solishtirish bilan shug'ullanmayman. SHuni qayd etishim mumkinki, gap ajoyib va juda katta professional jamoalar haqida ketmoqda. Meni Madriddagi sarguzashtlarim tugagan. Endi esa yo'lim "Yuventus" bilan bog'liq. Turin klubi esa jahonning eng kuchli jamoalaridan biri. Avvaliga "Yunayted", keyin "Real" va endi "Yuventus". Men o'zimni bemalol juda baxtli inson deya olaman. Meni omadim chopgan.

- "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan nimalarni kutyapsiz? Sobiq klubingiz hozirgi jamoangizga qarshi nimani ko'rsata oladi?
- O'yin juda qiyin bo'ladi. "Yunayted" ajoyib klub, qo'shimchasiga ular o'z uylarida o'ynashadi. Oson bo'lmasligi aniq. Bizning "qurolimiz" esa o'zimizda. Uni hozir sizlarni ochib ko'rsatmoqchi emasman. Biz - "Yuventus". SHuning o'ziyoq ko'p narsadan dalolat. SHuni aytish mumkinki, g'alaba qozonishda imkoniyatlarimiz ko'proq. Lekin raqibni ham hurmatini joyga qo'yish kerak. "Manchester Yunayted": fantastik murabbiy boshqaruvidagi ajoyib jamoa. Biz ushbu g'aroyib o'yinda g'alaba qozonishimiz zarur.

- Manchesterga qaytganda nimalarni his qilasiz?
- Hissiyotlar juda kuchli. Bu erda men juda ko'plab sovrinlarni yutganman. Ajoyib muxlislarga ega jamoa, men ularni doim eslayman. Albatta, men ser Aleks Fergyusonni ham unutganim yo'q. Aynan Fergi "Manchester Yunayted"ni fundamentini qo'ygan inson. Men ser Aleksga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Men quradan so'ng "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynashni bilganimizdan keyinoq hissiyotlar og'ushiga cho'mdim.

- "Real"da rostan ham inqiroz yuzaga keldimi?
- Men boshqa jamoa haqida gapirmoqchi emasman. Meni va "Real"ni tarixini butun duyon biladi. Meni oldimda hozir bundan ikki karra muhimroq ishlar turibdi. Hozirgi fikr-u hayolim "Yuventus"ga qaratilgan. Bizni esa muhim uchrashuv kutmoqda. G'alaba bizga keyingi bosqich eshiklarini ochadi. "Real" mening raqobatdoshim emas.

- Ajoyib transferdan 100 kun o'tib hammani Ronaldu "Yuventus"da qanday yashamoqda, degan savol qiziqtirmoqda. "Yuventus"chi, ular Ronaldu bilan qanday yashamoqda?
- Men Turinda ekanligimdan baxtliman. Italiya futboliga moslashish jarayonidaman. Bu erda hammasi boshqacha. Meni esa doimgidek omadim kelgan. Jamoadoshlarim menga juda katta yordam berishmoqda. "Yuventus" sharafini himoya etish baxtiga muyassar bo'lganimdan benihoyat xursandman. CHunki bu fantastik klub.

- Bu o'yin orqali siz uchun ECHL boshlashadi.
- Diqqatingizni bir narsaga qaratishni istardim, men uchun allaqachon ECHL boshlangan. Bu erda qaysi o'yinda meni o'ynashim yoki o'ynamasligimning qizig'i yo'q. Bizning hisobda 6 ochko mavjud va g'alaba qozonishda davom etmoqdamiz. "Yuventus" va Ronalduni ajratishlariga qarshiman.

- Sizni yosh avlodga namuna sifatida misol qilishadi. O'zingiz ham buni anglagan holda maydonda va undan tashqari bularni etiborga olib harakat qilasizmi? CHunki ko'plab yoshlar sizga taqlid qiladi.
- Bilaman va buning masuliyatini to'liq his qilaman. Maydonda ham, undan tashqarida ham bunga amal qilish harakatidaman. Men doim kulib yuraman. Har doim baxtliman. O'zimni baxtiyor inson deb hisoblayman. Fantastik klub sharafini himoya qilyapman. Fantastik oilam bor, to'rtta farzandning otasiman. Sog'lig'im joyida. O'zim uchun kerakli barcha narsaga egaman. Qolgani meni qiziqtirmaydi.

- O'tgan gal "Old Trafford"da urgan golingizni nishonlamadingiz. Bu safarchi?
- Hammasi o'tgan galgidek bo'ladi (kuladi)

- Ketrin Mayorgi borasida sizning fikringiz bilish qiziq.
- Hamma bu haqida eshitib bo'lgan. Men baxtli insonman, juda baxtliman. Yaqinda biz alohida bayonot bilan chiqqandik. Men bu erga kimnidir aldash uchun kelganim yo'q. Men o'zim va advokatim gapirayotgan gaplarga ishonaman. Futboldan zavq olishda davom etyapman. Hayotdan esa mamnunman. Qolgan ishlar bilan shug'ullanadigan va ularni o'ylaydigan boshqa odamlarim bor. Yakunda esa baribir haqiqat o'z qarorini topadi. Men uchun eng muhimi - adolat!

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика