"Real" bazasining 85 gektar erida yangi shahar quriladi
14 may 2025 19:54
Yangiliklar
"Real" bazasining 85 gektar erida yangi shahar quriladi
Valdebebasda Madrid innovacion tumani (MID) – "Real" bazasi hududida joylashadigan yangi shahar taqdimoti bo'lib o'tdi.
Klasterda kompaniyalar, tadqiqotchilar va tadbirkorlar birga ishlashi, bilim almashishi, g'oyalarni ilgari surishi va amalga oshirishi kutilmoqda.
Tadbirda "Real" prezidenti Florentino Peres, Madrid avtonom jamoati prezidenti Isabel Dias Ayuso va Madrid meri Xose Luis Martines-Almeyda ishtirok etdi.
Loyihaning maqsadi – innovaciyalar va tadqiqotlar bilan shug'ullanadigan dunyoning eng yirik kompaniyalarini MIDda shtab-kvartiralar yaratishga jalb qilish. Buni amalga oshirish uchun "Real" Valdebebasda 85 gektar er ajratadi.
"Bu loyiha – Madrid uchun Janubiy Evropaning texnologik poytaxtiga aylanish uchun nodir imkoniyat", – dedi "Real" prezidenti Florentino Peres.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar