"Real" "Barselona"ga yetib oldi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2020, 14:14
Kecha, 12 yanvar kuni "Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Atletiko"ni taslim etdi.

Bahsning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida gol kiritilmadi. Penaltilar seriyasidagi "Atletiko"ning ikkita xatosi "Qirollik klubi"ga Ispaniya Superkubogini boshi uzra ko'tarishga imkon berdi. Shunday qilib, "Real"ning sovrinlari soni 91taga etdi va ular bu ko'rsatkich bo'yicha "Barselona"ga yetib oldi.

"Real" va "Barselona" sovrinlari
"Real"Sovrinlar"Barselona"
33LaLiga26
19Ispaniya Kubogi30
11Ispaniya Superkubogi13
1Liga Kubogi2
13Chempionlar ligasi5
7Klublar o'rtasida JCH3
4Yevropa Superkubogi5
2UEFA Kubogi-
-Kubok g'oliblari Kubogi4
1Eva Duarte Kubogi (Ispaniya Superkubogining avvalgi ko'rinishi)3
91UMUMIY91


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal