"Real", "Arsenal" klublarida o'ynagan braziliyalik futbolchi faoliyatini yakunladi
23 may 2019 20:40
Yangiliklar


"Real", "Arsenal" klublarida o'ynagan braziliyalik futbolchi faoliyatini yakunladi
Julio Baptista butsalarini mixga ilganini elon qildi.
37 yoshli Baptista futbolchilik faoliyati davomida "San-Paulu", "Sevilya", "Real Madrid", "Arsenal", "Roma", "Malaga", "Kruzeyro", "Orlando Siti" jamoalarida to'p tepgan.
Uning oxirgi klubi yaqinda Ruminiya chempioni sifatida elon qilingan "Kluj" jamoasi bo'ldi.
Baptista 2001-2010 yillar oralig'ida Braziliya terma jamoasini 48 o'yinda himoya qilgan va 2 marta Kopa Amerika musobqasida g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar