"Real" APLda shu oyning o'zida MYU va "Tottenxem"ga gol urgan 19 yoshli futbolchiga qiziqmoqda
27 dek 17:01
Yangiliklar
"Real" APLda shu oyning o'zida MYU va "Tottenxem"ga gol urgan 19 yoshli futbolchiga qiziqmoqda
"Real" klubi "Bornmut"ning 19 yoshli markaziy himoyachisi Din Xeysenga qiziqib qoldi.
Bu haqda "As" nashri xabar bermoqda. Madridliklar 19 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelishmoqda, lekin uning APLdagi oxirgi o'yinlari qiziqish keskin kuchayishiga sabab bo'lgan.
Xeysen Niderlandiya va Ispaniya fuqaroligiga ega, u Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida maydonga tushib keladi.
"Qirollik klubi" Xeysen darhol asosiy tarkib futbolchisiga aylanib ketishiga unchalik ishonmayapti, futbolchining o'zi ham zaxira futbolchisi rolini bajarishiga rozi bo'lmasa kerak deb o'ylamoqda "Real".
Eslatib o'tamiz, Xeysen APLda dekabr oyida "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" jamoalari darvozasini ishg'ol qilishga ulgurdi. O'z o'rnida, jamoasi har ikki bellashuvda ham gol o'tkazmay g'alaba qozondi.
Fikrlar