So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

"Real" afsonasi Raul haqida Yangiliklar

"Real" afsonasi Raul haqida

Bugun Madridning "Real" jamoasini sobiq futbolchisi Raul Gonsales 40 yoshni qarshi oldi. Ushbu maqola aynan Raul haqida.

Raul Gonsales Blanko – 1977 yil, 27 iyunda Ispaniyaning Madrid shahrida tug'ilgan. Navbatdagi qahramonimiz barchamizga Raul sifatida tanish bo'lgan ispaniyalik hujumchi haqida bo'ladi. “Real” safida 16 yil davomida o'ynagan. O'z vaqtida klubning to'purarlar ro'yhatini boshqarib kelgan. Klub afsonalaridan biri hisoblanadi. Ispaniya terma jamoasining sobiq sardori. 10 yil davomida “qizil furiya” sharafini himoya qilgan. 2010 yilgacha terma jamoa safida gol kiritish bo'yicha rekordchi bo'lgan.
CHempionlar Ligasining uch karra sovrindori. Olti marta Ispaniya chempioni bo'lgan. Besh marta Ispaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan. “FIFA 100” ro'yhatiga kiradi.

Faoliyatining boshlanishi
Madridda tavallud topgan Raulning otasi don Pedro “Atletiko Madrid”ning ashaddiy muxlislaridan biri hisoblanardi. Qahramonimizning o'zi ham “San Kristobal” safida bir muddat o'ynagan. Futbolchi 1990-1992 yillarni “Atletiko” akademiyasida o'tkazdi. 1992 yilda yosh istedod sohibi “Real” skautlari nazariga tushadi. Aynan shundan so'ng u “Qirollik klubi” yoshlari safida o'ynashni boshlaydi. Ikki yil davomida yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan.


Klubdagi faoliyati

“Real”
Raul 1996 – 2010 yillar davomida “Real”da 7-raqam ostida o'ynagan.
1994 yilda “Real” bilan professional shartnoma imzolaydi. Lekin, darrov asosiy tarkib safida maydonga tushmagan. Ikki yil davomida ikkinchi va uchinchi jamoa safida o'ynagan futbolchi 8 ta o'yinda 16 ta gol kirita olgan. Muvaffaqiyatli o'yinlardan so'ng bosh murabbiy Raulni asosiy tarkibga o'tkazdi. Qanday murabbiy bo'lmasin, Raul jamoaning asosiy futbolchilaridan hisoblangan. U o'z vaqtining afsonaviy to'purarlaridan bo'lgan.

2008 yilning 8 martida Raul La Ligada 200-golini kiritdi.  
Hujumchi jamoa safida 361 ta o'yinda 323 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.



“SHalke 04”
2010 yilda u Germaniyaning “SHalke 04” jamoasi safiga ko'chib o'tadi. Raul klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 25 sentyabr kuni esa “Borussiya M” darvozasiga gol kiritib Bundesligadagi gollari hisobini ochgan.
2011 yilning 5 aprelida “Inter”ga qarshi o'yinda Raul CHempionlar Ligasidagi 71-golini kiritdi va Filippo Inzagining rekordini takrorladi. SHu tariqa hujumchi ECHL to'purarlari ro'yhatida peshqadamga aylanib oldi.
Ayni paytda uning hisobida Evrokuboklarda kiritilgan 73 ta gol mavjud.


“Al Sadd”
2012 yilning 13 may kuni Raul Qatarning “Al Sadd” jamoasi safiga borib qo'shildi. U yangi jamoasi safida asosan yarim himoyachi sifatida o'ynadi. Bir yildan so'ng klubi bilan Qatar chempioniga aylandi.
2013 yilning 22 avgustida esa “Real” va “Al Sadd” jamoalari o'rtasida Raulning xayrlashuv o'yini bo'lib o'tdi. Bahs “Real”ning 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Futbolchi Osiyodagi faoliyati davomida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol kiritgan.




“Nyu York Kosmos”
2014 yilning 30 oktyabr kuni “Nyu York Kosmos” bilan shartnoma tuzgan.  2015 yilning noyabrida esa u faoliyatini yakunlashini elon qildi.
U faoliyatidagi so'nggi o'yinni 2015 yilning 16 noyabr kuni o'tkazgan. O'sha kuni u “Nyu York Kosmos” safida “Ottava Fyuri”ga qarshi maydonga tushdi va to'liq harakat qildi.

Ispaniya terma jamoasida
1996 yildan 2006 yilgacha Ispaniya terma jamoasi safida 102 ta o'yinda maydonga tushib, 44 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.


Muvaffaqiyatlari

Ispaniya CHempioni  (6): 1995, 1997, 2001, 2003, 2007, 2008
Ispaniya Superkubogi sohibi(4): 1997, 2001, 2003, 2008
CHempionlar Ligasi sovrindori (3): 1998, 2000, 2002
UEFA Superkubogi sohibi: 2002
Qitalararo Kubok sohibi (2): 1998, 2002
“Real”da jami: 16 ta sovrin

Germaniya Kubogi sohibi: 2011
Germaniya Superkubogi sohibi: 2011
“SHalke”da 2 ta sovrin

“Al Sadd”
Qatar chempioni 2012/13
Qatar Amiri kubogi sohibi: 2014
“Al Sadd” da 2 ta sovrin

“Nyu-York Kosmos”
SHimoliy Amerika Futbol Ligasi chempioni (NASL): 2015



Vikipediya malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика