Real 16 yoshli futbolchini sotib olganini rasman e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
23 may 2017, 22:05
Real Flamengo klubining 16 yoshli futbolchisi Vinisius Junior bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Tomonlar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishdi. Futbolchiga egalik huquqi 2018 yil yozida Realga o'tadi. Junior Flamengoda 2019 yilga qadar qoladi. Agar Real istasa undan oldinroq futbolchi Madridga kelishi mumkin.

Ispaniya qonuniga ko'ra 18 yoshga to'lmagan futbolchi bilan shartnoma tuzish mumkin emas, shu bois bu transfer yozda amalga oshmaydi.

Oldinroq Madrid klubi braziliyalik futbolchi uchun 45 million evro to'lashi haqida xabarlar chiqqandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com