"RB Leypcig": "Biz Ukrainadagi voqealardan shokdamiz"
24 fev 2022 18:10
Yangiliklar
"RB Leypcig": "Biz Ukrainadagi voqealardan shokdamiz"
Germaniyaning "RB Leypcig" klubi Rossiya va Ukraina o'rtasidagi vaziyat haqida bayonot bilan chiqdi.
"Biz Ukrainada ro'y berayotgan ishlardan shokdamiz. Urushning har qanday shaklini qabul qilib bo'lmaydi! Kiev va Leypcig - qardosh shaharlar. Bizda 2018 yili Luganskning "Zarya" jamoasiga qarshi o'yin uchun Ukrainaga borganimizda yaxshi xotiralar qolgan.
Mamlakatda hozirda ro'y berayotgan voqealardan juda ham hayratdamiz. Tinchlikka umid qilamiz", - deyiladi klub bayonotida.
Fikrlar