Rayola yana bir top-futbolchining agenti bo'ladi
03 mar 2018 14:33
Yangiliklar


Rayola yana bir top-futbolchining agenti bo'ladi
Mashhur futbol agenti Mino Rayola yaqin vaqtlarda "Napoli" hujumchisi Lorenco Insinening ham rasmiy vakili bo'ladi.
"Hozircha Insine bilan ishlamayapman. U ayni damda o'zining agenti bilan shartnomani bekor qilish ishlarini davom ettirmoqda. Faqatgina mana shu ish hal bo'lsa, u bilan ishlayman.
Uning kelajagi? "Napoli" o'zining asosiy futbolchilarini sotib yuborishni rejalashtirmayapti. Ko'ramiz, kelajakda nimalar sodir bo'larkin", - dedi Rayola Football Italia nashriga.
Rayola ayni damda Pol Pogba, Zlatan Ibragimovich, Marko Verratti, Mario Balotelli va Genrix Mxitaryan kabi futbolchilar bilan ham ishlamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar