Rayola: "Real" Xolandni xarid qilmoqchi, ularda transfer uchun pul bor"
01 may 2021 14:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634853_original.jpg)
![](/upload/storage/634853_220.jpg)
Rayola: "Real" Xolandni xarid qilmoqchi, ularda transfer uchun pul bor"
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xolandning agenti Mino Rayola o'yinchiga "Real"ning qiziqishi haqida gapirdi.
"Qaymoqranglilar" Xoland bilan kuchayishni xohlashmoqda. Ular bunday transferni amalga oshira oladilar.
"Real"da Erlingni xarid qilish uchun pul bor. Ammo, qayd etish kerakki, norvegiyalikka Evropaning boshqa top-klublari ham qiziqish bildirmoqda", - deydi agent.
Oldinroq xabar berilganidek, Xolandga Myunxenning "Bavariya" va Kataloniyaning "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
20 yoshli forvard joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 5ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar