Rayola: “Men Gvardiolaga emas, “Manchester Siti”ga futbolchilarni taklif etgandim”
07 apr 2018 01:16
Yangiliklar


Rayola: “Men Gvardiolaga emas, “Manchester Siti”ga futbolchilarni taklif etgandim”
Mashhur futbol agenti Mino Rayola “Manchester Siti” bosh murabbiyining so'zlariga izoh berdi.
Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, Rayola unga Pol Pogba va Genrix Mxitaryanni o'z jamoasiga transfer qilinishini taklif etgan.
“Men hech qachon Gvardiola bilan gaplashmaganman. Va men futbolchilarni unga emas, “Manchester Siti”ga taklif etganman. Bu ajoyib murabbiyga ega ajoyib klub. Men o'shanda gap qaysi futbolchilar haqida ketganligi va bu futbolchilar kimlar ekanligini aytib o'tirmayman” , deya Rayolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mirror.
Takidlash joizki, Mino yaqindagina “MYU”da nketib “Los-Anjeles Gelaksi” bilan shartnoma tuzgan Zlatan Ibragimovning ham manfaatlarini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar