Rayola: "Ibragimovich faoliyatini Italiyada davom ettirishi shart emas"
08 dek 2019 20:30
Yangiliklar


Rayola: "Ibragimovich faoliyatini Italiyada davom ettirishi shart emas"
SHveciyalik hujumchi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola mijozining kelajagi haqida gapirib o'tdi.
"Hech kim Zlatan Italiyaga qaytadi, deb aytgani yo'q. U qaysi klubni tanlashini hech kim bilmaydi. Biz hammamiz erkin insonlarmiz. Uning faoliyatini yakunlashi borasidagi fikrga kelsa, buni istisno qilmayman. Lekin, bu ehtimoldan ancha uzoq. Ibragimovich hali ham juda yaxshi o'ynamoqda. U qaerda faoliyatini davom ettirishini xohlardim? Uzoqroqda, shunda meni bezovta qilishdan to'xtardi", — deydi Rayola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar