Rayola Donnarummani Interga taklif qildi
29 apr 2017 09:17
Yangiliklar
Rayola Donnarummani Interga taklif qildi
Milan posboni Janluiji Donnarummaning agenti Mino Rayola uni Interga taklif qildi.
Interning xitoylik xo'jayinlari 18 yoshli Italiya terma jamoasi darvozabonini sotib olishga qarshi emaslar.
Biroq Milan Donnarummani sotsa ham faqat xorij klubiga sotmoqchi. Aytishlaricha Rayolaning Inter bilan aloqaga chiqqani darvozabonning Milan bilan shartnomani uzaytirishi uchun o'ziga xos taktik yo'l ekan.
Milanning so'nggi taklifi yiliga 3,5 million evro va Donnarumma uchun sardorlik bog'ichidan iborat edi. Rayola esa darvozaboning boshqa klubga sotuvidan tushgan pulning 15 foiziga ega bo'lmoqchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar