Rayan Giggz: "Sulsherga vaqt kerak. Unga o'yinchi sotib olish uchun pul bering"
29 okt 2019 20:10
Yangiliklar


Rayan Giggz: "Sulsherga vaqt kerak. Unga o'yinchi sotib olish uchun pul bering"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz klub bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherni quvvatladi.
"Manchester Yunayted"ga ijodkor o'yinchi etishmayapti. Kuchli jamoalarga qarshi ijobiy o'yin ko'rsatish, bu shunchaki tasodif. Zaif mudofaaga ega jamoani sindirish har doim qiyin bo'lib kelgan. Biz ijodkor o'yinchilarimiz bilan biroz uyalishimiz mumkin va Ole ham buni tan olmoqda.
Ole yaxshi formada bo'layotgan Aaron Uan-Bissaka, Deniel Jeyms va Xarri Maguayr singari o'yinchilarga ega. Uning amalga oshirgan transferlari haligacha o'zini oqlab kelmoqda. Boshqa murabbiylarda bo'lganidek, unga o'yinchi sotib olish uchun pul bering. Yana 5-6 futbolchi olish kerak va biz o'shanda haqiqiy farqni ko'ramiz.
Olega vaqt kerak. U o'yinni yutishga harakat qilish bilan birga kelajakni ham hisobga olmoqda. Bu qiyin", – deydi Giggz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar