Rayan Giggz MYUda penaltilarni kim tepishi kerakligini aytdi
21 avg 2019 09:50
Yangiliklar


Rayan Giggz MYUda penaltilarni kim tepishi kerakligini aytdi
Uning fikriga ko'ra, 11 metrli jarima zarbalarini Pol Pogba amalga oshirmasligi kerak.
“Reshford qaror chiqaruvchi bo'lishi kerakligini namoyish etishi kerak. Aynan u penaltini amalga oshirishi kerak edi. U Pogbadan to'pni olsa bo'lardi. Pogbaning penaltilarni amalga oshirish borasida statistikasi ham yaxshi emas. Polning to'p oldiga kelganidan ajablanmadim. U o'ziga bo'lgan ishonchga ega. Men o'tgan o'yinda 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib, bu safar to'pning yoniga ham kelmagan Markusning harakatlaridan ajablandim”, — deydi Giggz.
Eslatib o'tamiz, Pol Pogba APLning 2-turida “Vulverxempton”ga qarshi bahsda penaltidan gol ura olmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar