Rayan Giggz: “Liverpul” fantastik o'yin ko'rsatayapti, deyish oson emas”
29 may 2020 22:58
Yangiliklar
Rayan Giggz: “Liverpul” fantastik o'yin ko'rsatayapti, deyish oson emas”
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi, ayni paytda Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz “Liverpul”ning 2019/2020 yilgi mavsumda ko'rsatayotgan o'yinlari haqida o'z fikrini bildirdi.
“Koronavirus pandemiyasidan keyin biz ko'plab savollarga javob topamiz. Ammo joriy mavsum ajoyib murabbiyi Yurgen Klopp boshqarayotgan “Liverpul” betakror jamoa ekanligini ko'rsatib berdi. “Yunayted” muxlisi sifatida ular bu mavsum fantastik o'yin ko'rsatayotganligini tan olish biroz o'ng'aysiz holat. “Liverpul” chiroyli o'yin ko'rsatishda davom etib, Angliya chempionligiga erishish ko'rinib turibdi. Jamoa bu sovringa har tomonlama loyiq. Umuman olganda ular ikki mavsumdan buyon barqaror o'yin ko'rsatishmoqda. O'tgan yili ham ular “Siti”ga jiddiy bosim o'tkazishgandi”, deya Giggzning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Fikrlar