So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  1 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  19 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

"Raxat Japarov bilan kelishamiz" - "Buxoro" rahbari Yangiliklar

"Raxat Japarov bilan kelishamiz" - "Buxoro" rahbari

Usmon Toshev "Buxoro"ni tark etib, O'FA terma jamolar bo'limiga o'tib ketganidan keyin 26 noyabr kuni klub bosh direktori lavozimiga Qodirov O'tkir Olimovich tayinlangan edi.

Biz u kishi bilan bog'lanib, jamoa haqida bazi savollarga javob oldik.


— "Buxoro" jamoasini qabul qilgunga qadar qaerda faoliyat yuritgan edingiz?

— Men bunga qadar Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasida ishlaganman. Endi klub tizimida ishlash nasib qildi. O'zim futbolni juda ham yaxshi ko'raman, yangiliklardan har doim boxabarman.

— Nima uchun jamoaning nomi "Nurafshon"ga o'zgartirilmadi?

— Klubga kelishimiz bilan muxlislarning bu boradagi fikrlariga qiziqdik. Maxsus so'rovnama tashkil qildik. Unda jamoa ishqibozlarining ko'pchilik qismi "Buxoro" nomi saqlanib qolishini yoqladi. SHundan keyin faxriylar va jamoa rahbariyati bilan muhokama qilgan holda "Buxoro" nomini hozircha saqlab turish fikrida to'xtaldik.

— Jamoaning ayni paytdagi holati va kelasi mavsumga qo'yiladigan maqsad haqida...

— Bugungi "Buxoro"ning anchagina qarzi bor. Bu borada amaliy ishlar olib borilyapti. Kelasi yilga asosiy rejamiz Superligaga qaytish bo'ladi. SHu tufayli jamoa rahbariyati va tasischilari bilan kelishgan holda Hakim Fuzaylovni taklif qildik. Biz mazku mutaxassisga ishonamiz.

— 2021 yilgi tarkib saqlanib qoladimi? SHavkat Salomov, Sanat SHixov singari tajribali futbolchilar bilan bu borada gaplashildimi?

— Tarkib masalasi ko'proq murabbiyning xohishiga bog'liq. Lekin, bir qator o'yinchilar bilan uzoq muddatli shartnomamiz bor. SHavkat va Sanat bilan aloqalaramiz yaxshi. Bilasiz, Salomov Buxoro xalqining eng sevimli o'yinchilaridan hisoblanadi. O'ylashimcha, ular ham biz bilan ishlashga qarshi bo'lmasa kerak.

— Nihoyat, stadion masalasini tartibga soladigan payt keldimi? "Buxoro" 2 yildan beri o'z uyida o'ynay olmayapti.

— Albatta, klubga kelganimizda bizni 2 masala tashvishga solayotgan edi: murabbiy va stadion. Ulardan birini hal qildik. O'yingoh masalasi ayni paytda faqat bizni emas, viloyat rahbarlarini ham o'ylantirmoqda. Nasib bo'lsa, 2022 yilgi mavsumni G'ijduvonda emas, Buxoro shahrida boshlaymiz.

— FIFA Raxat Japarov masalasida "Buxoro"ga xat yuborgan edi. Bu ish ayni paytda qaysi bosqichda?

— Ha, bu borada xat oldik. Turkmanistonlik legioner bilan shartnomani Usmon Toshev bekor qilgan ekan. Faqat klub uning 2 oylik maoshini ko'rsatilgan muddatdan 4 kun keyin to'lab bergan. Bilasiz, biz shaxsiy jamoa emasmiz. Homiy mablag'ni o'tkazishda biroz kechikkan. Japarov esa shartnomadagi banddan foydalanib, yil oxirigacha bo'lgan oyligini undirib olmoqchi. Biz bu masalani O'zPFL bilan maslahatlyapmiz, tez orada Raxat bilan bog'lanib, kelishishga urinib ko'ramiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика