So’nggi yangiliklar

00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  0 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар дом ютиш яхши"  1 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  1 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  6 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  1 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  3 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  1 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   20

Ravshan Xursanov: “Milliy chempionatimiz saviyasi avvalgidan o'sgan” Yangiliklar

Ravshan Xursanov: “Milliy chempionatimiz saviyasi avvalgidan o'sgan”

“Paxtakor” va “Surxon” jamoalari o'rtasidagi bahs bilan Superliganing 23-turiga yakun yasaldi. Garchi “sherlar” uchun bu o'yin muhim bo'lmasada, ularning raqibi uchun ahamiyati o'ta yuqori edi.

Boisi termizliklar kuchli beshlikdan joy olish uchun qattiq kurashishmoqda. Garchi, oradan ancha vaqt o'tib elitaga qaytgan bo'lsada, jamoa namoyish etayotgan o'yin muxlislarga manzur bo'lmoqda. Mazkur bahsda maydonga tushmagan bo'lsada, jamoadoshlariga ruhan dalda bo'lib turgan Ravshan Xursanovdan saytimiz uchun intervyu oldik.

- Dastlab “Paxtakor”ga qarshi kechgan o'yin haqida...

- Ular uchun bu o'yinning qanday natija bilan tugashini farqi yo'q edi. Biz uchun darajasi yuqori bellashuvlardan biri sanalardi. To'g'ri doim g'alaba uchun maydonga tushamiz, hech bo'lmaganida bir ochko bilan ortimizga qaytishni maqsad qilib qo'ygandik. Durang ham turnir jadvalida yuqorilashimizga yordam berardi. O'yin ikki jamoa uchun ajoyib o'tdi. Hakamlarni biroz uchrashuv tizginini qo'ldan chiqarganini aytmaganda munosib qarshilik ko'rsatishga urindik. Bollar yomon to'p tepishmadi. Ayniqsa, hisob 1:2 bo'lib turgan paytda, bir qator xavfli vaziyatlardan unumli foydalanganimiz yo'q.

- Yakuniga etib borayotgan mavsum hususida fikr mulohazalaringiz. “Surxon” uchun debyut mavsum ko'ngildagidek o'tyaptimi?

- Ijobiy fikr bildirishim mumkin. O'ziga yarasha qiziqarli o'tmoqda. Uchinichi va ettinchi jamoalar o'rtasidagi ochkolar farqi u qadar katta emas. Klublar o'rtasida qizg'in kurash kechayapti. Superliga klublari bari o'sishga va kuchayishga erishgan. Milliy chempionatimizni saviyasi o'sgan avvalgidan. Bir-biridan chiroyli o'yinlarni guvohi bo'lyapmiz. Har bir ochko oltinga teng. SHuning uchun futbolchilar borini berib harakat qilishmoqda. O'zimizning jamoa haqida nima ham deyishim mumkin? O'zingiz ko'rdingiz birinchi davrada juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Orada ketma-ket mag'lubiyatlar sabab qiyin holatga tushib qoldik. Keyin yana o'zimizni o'nglab oldik.



- Yil boshida jamoaga qanday maqsad qo'yilgan edi, belgilangan vazifa sari intilyapsizlarmi?

- Yana uchta tur qoldi. Agar mavsumni kuchli beshlikda yakunlasak maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu jamoamiz uchun yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Bilasiz, bu yil birinchi bor Superligada ishtirok etyapmiz. Hali, to'liq shakllanib ulugrmadik. Kamchiliklar bor. Ularni ustida ishlasak keyingi yil albatta yuqori o'rinlar sari harakat qilamiz.

- Jamoaga ikkinchi davrada qo'shilgan braziliyaliklarni mahalliy futbolchilardan ustun jihatini sezdingizmi?

- Menimcha legioner mahalliy futbolchilardan har tomonlama ustun bo'lishi kerak. Agar ularga berilgan imkoniyat o'zimiznikilarga berilganida foydasi ko'proq bo'lar edi.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика