Ravshan Xaydarov: "Natijadan ham, jamoamning o'yinidan ham qoniqmadim"
15 sen 2013 13:24
Yangiliklar
Ravshan Xaydarov: "Natijadan ham, jamoamning o'yinidan ham qoniqmadim"
"Dinamo" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Ravshan Xaydarov o'z fikrlarini bildirdi.
Ravshan Xaydarov (Dinamo bosh murabbiyi):
- Bugun natijadan qoniqmaganimdek, jamoam o'yinidan qoniqmadim. Ko'rdingiz, maydonda shiddatli, hujumkor ruhda o'yin kechdi. Ancha tomoshobop o'yin namoyish etayotgan bo'lsakda, raqiblar qarshi hujumlarda bizni jazolab natija bilan qaytishmoqda. Qolaversa, bugun markaziy yarimhimoyamizdagi muammolar ko'rinib qoldi. Azamat Bobojonovning diskvalifikaciya sabab, Ildar Magdievning esa Nasaf Bilan o'rtoqlik uchrashuvda jarohat olishi natijasida o'yinimizda uzilish kuzatildi. Yaqqol vaziyatlarda ham to'pni darvozaga yo'llab qo'yishning imkoni topilmagani esa omadsizlik, deb o'ylayman. Nima bo'lganda ham xatolar ustida ishlab, keyingi muhim o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

Fikrlar