Ravshan Muqimov: "Matbuot kotibimiz kasal bo'lib qolgani uchun safarga bora olmadi"
02 mar 2015 21:37
Yangiliklar

Ravshan Muqimov: "Matbuot kotibimiz kasal bo'lib qolgani uchun safarga bora olmadi"
Xabaringiz bor, o'tgan hafta OCHL 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Toshkentning "Lokomotiv" klubi Saudiya Arabistonida "Al Hilol" mehmoni bo'ldi. O'sha o'yinda "temiryo'lchilar" o'z matbuot kotibini olib ketmagandi. Bugun bo'lib o'tgan "Futbol sharhi" ko'rsatuvida klub sport direktori Ravshan Muqimov ushbu holatga izoh berib o'tdi.
"Barchamiz issiq jonmiz. Saudiya Arabistoniga uchishdan oldin matbuot kotibimiz Sardor Akromov kasal bo'lib qoldi. Biz O'FFga xat yozdik, ular OFKga vaziyatni tushuntirishdi. Barchasini reglament bo'yicha to'g'ri qildik. Biz qanday musobaqada ishtirok etayotganimizni bilamiz. Keyingi o'yinlarda albatta matbuot kotibimiz jamoa bilan birga safarga boradi", - deydi Ravshan Muqimov.

Fikrlar