So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Ravshan Haydarov: “Terma jamoaga tanlagan yigitlar har tomonlama kuchli bo'lishi lozim” Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “Terma jamoaga tanlagan yigitlar har tomonlama kuchli bo'lishi lozim”

U-20 Osiyo kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan Avstraliyaga qarshi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov hamda futbolchi Abbos Fayzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

Ravshan Haydarov: Avvalambor muxlislar orziqib kutgan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz bilan tabriklayman. Matonatli bahsda borlig'ini berib, jiddiy kurashda g'olib bo'lgani uchun yigitlarni tabriklayman. 

O'yinga kelsak, Avstraliyaga qarshi tanlagan taktikamiz va rejamiz ish berdi. Futbolchilarda xarakter borligi, ajoyib atmosferada o'zida kuch topolgani tahsinga sazovor.

Abbosbek Fayzullaev: O'zbek xalqini g'alaba bilan tabriklayman. JCH uchun ikki yil ishladik. Bu yo'lda qiyinchiliklar ko'rdik, ammo bu samarasini berdi. Bu yo'lda hamma jonini berdi. Raqibni yaxshi o'rgandik, ularga qarshi boshqacha taktika qo'lladik, bu ish berdi. Yigitlarga rahmat, ular jonini berib, oxirigacha o'ynadi.

- G'alaba uchun rahmat. Minimum vazifa bajarildi. Kelgusi bosqichda Koreya yutgani maqulmi yoki Xitoy?

(Ravshan Haydarov) - Raqib tanlash noto'g'ri. Ushbu bosqichga etib kelgan barcha jamoa kuchli hisoblanadi. Bizga farqi yo'q. Kim yutsa, ularga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Biz JCHga chiqdik, lekin yana oldinga qarab yurishimiz lozim.

- G'alaba bilan tabriklayman. U20 terma jamoasini JCHga olib chiqqansiz. Ikkala terma o'rtasida qanday farq bor?

- Hayotimda nasib qilgan ekan, ikkinchi bor JCHga chiqdik. Bu o'zgacha his-tuyg'u sanaladi. 2015-yilgi yigitlar o'sha paytlarning eng kuchlilari bo'lgan. Hozirgilar ham shunday xarakterga ega. Farqi, bizning shtab katta tajribaga ega emasdi. Hozir shu tajribalar qo'l kelib, rejalar asosisda olib borganimiz uchun zafar quchdik. Bu futbolchilarga o'sha yigitlarni o'rnak qilib ko'rsatganmiz. O'shanda ham Avstraliya bilan kurashda enggandik. Ularning keyingi faoliyatini ham misol qilib ko'rsatganman. 

- Jahon chempionatiga chiqdingizlar, vazifa bajarilganidan so'ng, keyingi bahslar uchun motivaciya yuqolib qolmaydimi?

- Rejamiz ish berdi. Avstraliya jamoasi uchun noqulaylik yaratdik. Beshta himoyachi bo'lgani bilan 3-4-3 sxemasiga o'tib ham harakatlandik. SHuningdek, pressing ham qildik. To'g'ri reja asosida ishladik. To'g'ri, yigitlar ko'p kuch sarfladi. Raqibga qarshi reja ishlab chiqqanda, ish berishiga amin edik. Intilganga tole yor. Penaltilarga ham tayyorgarlik ko'rgandik. G'alabaga loyiq edik.

- Ruhiy kuchni (motivaciyani) qaerdan olasiz?

A.F: Turnirdan avval maksimum vazifa qo'yganmiz. Minimum vazifa bajaraildi. Maqsadimiz — Osiyo chempioni bo'lish. Bu bizga motivaciya beradi. Hayotdagi eng muhim narsa – oila. Oilam o'zimga motivaciya beradi. 

- Abbos birga-bir vaziyatdan urolmadingiz. Ammo ruhan sinmadingiz. Bunga qayday erishdingiz?

- Xarakter sabab deb o'ylayman. Hayotda taslim bo'lmaslik lozim. Yiqilgan odam yiqilib qolaveradi. 

- Asosiy vaqtda ko'p o'zgarishlarga qo'l urmadingiz. Bu o'yinni buzib qo'ymaslik uchun tanlangan taktikamidi? Misol uchun, Xoldorxonov charchab qolgani sezildi...

- Ha. Men aniq ish beradigan o'zgarish amalga oshirishga harakat qildim. Xoldorxonov katta ish qildi, biroq ortiqcha harakat bilan o'zini qiynab qo'ydi. To'pni nazorat qilishda yomon harakat qilmadik. Yangi qo'shilganlar o'yinga yaxshi kirishib ketdi. O'ylaymanki, o'zgarishlarni o'z vaqtida amalga oshirdik.

- Qo'shimcha bo'limlarda ko'p kuch yo'qotdingizlar. Bir kun erta o'ynash jamoaga tasir qiladimi?

- Bizda tiklanish uchun bir kun vaqtimiz bor. Bu foydamizga ishlaydi. Biz 120 daqiqa o'ynadik, ularni esa qancha o'ynashini bilmayman. Lekin bularga etibor bermaslik lozim. Ertani o'ylashimiz lozim.

- Birinchi bo'limdan so'ng kiyinish xonasida kayiyat qanday edi?

Abbosbek Fayzullaev: O'zimizga ishonchimiz bor edi. Futbol 11 kishi o'rtasida o'ynaladi. O'yindan keyingi kayfiyat alo darajada. Minimum vazifani bajarib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik. 

- O'zbek futbolida katta muammo – ruhiy holat. SHu sababli, ko'p mundiallarni o'tkazib yuborganmiz. Bugun esa jamoa gol o'tkazib yuborgach, jamoa ruhan o'zini tiklay oldi. Bunga qanday erishdingiz?

Ravshan Haydarov: Albatta, bu yoshda o'yinchilar ruhan tayyor bo'lmasa, qiyin bo'ladi. Bu yigitlar xarakter borligini o'yinda ko'rsatdi. Bu borada ham alohida ishlaymiz. Terma jamoaga tanlagan yigitlar har tomonlama kuchli bo'lishi lozim. Ichki muhit ham katta rol o'ynaydi. Bizda hammasi ajoyib. Yigitlar bir-birini hurmat qiladi. Bugun shunga guvohi bo'ldik. Nafaqat butun jamoa, balki ichki muhitda ham liderlarimiz bor. Ularning o'zi muammolarini hal qila oladi.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика