Ravshan Haydarov kechagi g'alabadan keyin nimalar dedi?
20 iyu 2017 11:27
Yangiliklar
Ravshan Haydarov kechagi g'alabadan keyin nimalar dedi?
Mazkur bahs 2:0 hisobida yakun topdi. Uchrashuvdan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov quyidagi fikrlarni bildirdi:
- "Havo juda issiq bo'lishiga qaramay, shogirdlarim xarakter ko'rsatishdi. Bu o'yinda biz o'ylangan taktika evaziga zafar quchdik. Bugun kuch jihatdan bir-biriga yaqin jamoalar kurash olib bordi. Himoyada xatoga yo'l qo'ymaganimiz sababli gol o'tkazmadik. O'yinning boshidan oxirigacha nazoratni o'z qo'limizda ushlab turdik. Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. Endi bu g'alabani o'z muxlislarimiz bilan nishonlaymiz".
O'z navbatida BAA U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Hassan Al Abduli ham o'yin borasidagi fikrlarini aytib o'tdi:
- "Bizda o'yindan oldin g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi, hatto durang haqida umuman o'ylamagandik. Birinchi taymda hujumkor futbol namoyish eta olmadik. SHu bois ikkinchi bo'limda nimanidir o'zgartirishga harakat qildik. Ammo raqib bizga qaraganda yaxshi o'ynadi va o'z o'yinimiz ko'rsatish imkonini bermadi. Qolaversa, o'zbekistonlik futbolchilar jismoniy va taktik tomondan kuchli ko'rindi. O'zbeklar murabbiysi turnir avvalida aytib o'tgandi: "Biz 20ga yaqin o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik, bu jamoa ikki yildan beri birga o'ynayapti" deb. Lekin bizning jamoa yig'ilganiga endi 37 kun bo'ldi. Albatta, bu ham o'z tasirini ko'rsatdi, lekin mag'lubiyatga bahona bo'la olmaydi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar