So’nggi yangiliklar

12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  0 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  6 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  3 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4

Ravshan Haydarov: "Indoneziyadagi Xalqaro musobaqa yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazish imkoniyatini beradi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Indoneziyadagi Xalqaro musobaqa yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazish imkoniyatini beradi"

Teglar :  Indoneziya
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Indoneziyaga etib borgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Vakillarimiz bugun musobaqadagi o'z ishtiroklarini KXDR terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlashadi.

O'yindan oldin Olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ushbu musobaqada ishtirok etayotganimizdan xursandman. Bu erdagi ko'pgina hamkasblarim bilan qishda Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida ko'rishgandik. Yana ko'rishish nasib etdi. O'ylaymanki, musobaqa tashkiliy jihatdan alo darajada o'tadi. Bunga ishonchim komil.

Indoneziyadagi mazkur Xalqaro turnir yozda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlaridan oldin yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazish uchun yaxshi imkoniyat taqdim qiladi. SHuningdek, Osiyo o'yinlariga tashrif buyurishdan avval bu musobaqa orqali biz Indoneziyadagi muhit, iqlim, sharoitlar haqida tasavvurga ega bo'lib olishimiz mumkin. SHu jihatdan olib qaraydigan bo'lsak, bu musobaqa barcha terma jamoalar uchun muhim deb o'ylayman”, - dedi Ravshan Haydarov.



Matbuot anjumaniga yig'ilgan jurnalistlar Ravshan Haydarovdan nima uchun Osiyo chempioni bo'lgan futbolchilarning barchasini ushbu musobaqaga olib kelmagani haqida so'rashdi.

“Mazkur musobaqa milliy chempionatimiz - Superliga o'yinlari bo'lib o'tayotgan paytga to'g'ri kelib qoldi. Osiyo chempioni bo'lgan aksar futbolchilar o'z klublarida asosiy futbolchi hisoblanishadi.

Qolaversa, biz ushbu musobaqada boshqa futbolchilarga ham o'zlarini ko'rsatish uchun imkon berish niyatidamiz”, - deb aytib o'tdi Ravshan Haydarov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика