So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Ravshan Haydarov Eron – Qirg'iziston uchrashuvini kuzatish uchun Tehronga jo'nab ketdi Yangiliklar

Ravshan Haydarov Eron – Qirg'iziston uchrashuvini kuzatish uchun Tehronga jo'nab ketdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi Ravshan Haydarov guruh bosqichidagi raqiblardan biri hisoblangan Eron terma jamoasining o'yinini kuzatish uchun Tehronga jo'nab ketdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2018 3-saralash bosqichidagi raqibi – Eron milliy terma jamoasi rasmiy o'yinlarga tayyogarlik jarayonida 7 iyun kuni Tehronda Qirg'iziston milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Takidlash joiz, milliy terma jamoa raqiblarining o'yinlari Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoa murabbiylar shtabida katta qiziqish uyg'otgan. SHu bois, milliy terma jamoa katta murabbiyi Ravshan Haydarov Eron terma jamoasi ishtirokidagi o'yinni kuzatish va o'rganish uchun Eronga jo'nab ketdi.

Eslatib o'tamiz, Eron terma jamoasi o'tgan haftada Makedoniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Qirg'izistonga qarshi uchrashuv Karlush Keyrush jamoasi uchun rasmiy o'yinlardan oldingi tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuv hisoblanadi.

Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi ham rasmiy o'yinlarga tayyorgarlik jarayonini boshlagan. Ayni damda Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichi o'yinlaridan oldingi ilk yig'inini o'tkazish uchun Avstriyaga jo'nab ketgan. Avstriyada milliy terma jamoa 7 iyun kuni Kanada terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика