Ravshan Haydarov: “Jahon CHempionatida har bir o'yin – bir imkoniyat”
03 iyu 2015 09:59
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: “Jahon CHempionatida har bir o'yin – bir imkoniyat”
Bugun ushbu uchrashuvga bag'ishlangan o'yin oldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda qatnashgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Germaniyaga qarshi o'yindan nimalar kutayotgani haqida to'xtalib o'tdi.
“Germaniyaning juda kuchli raqib ekani sir emas. Ularga qarshi birinchi o'yindagidan boshqacharoq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Jahon CHempionatida har bir o'yin bir imkoniyat demakdir. Ulardan maksimal darajada foydalanish kerak. O'ylaymanki, yigitlar birinchi o'yindagi xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, imkoniyatlardan to'g'ri foydalanishga harakat qilishadi”.
“Har bir o'yinning ahamiyati katta. Buni futbolchilar ham his qilib turishibdi. Albatta, Germaniyaga qarshi o'yin, birinchi turdagidan farq qiladi. Taktik tomondan o'zgarishlar bo'lishi tabiiy, chunki raqiblar butunlay boshqa-boshqa”, - deydi Ravshan Haydarov.
Fikrlar