So’nggi yangiliklar

08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  0 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8

Ravshan Haydarov: "Toshkent va Vengriyada o'tkazgan yig'inlardan ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Toshkent va Vengriyada o'tkazgan yig'inlardan ko'nglim to'ldi"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) Vengriyada yig'in o'tkazib qaytgach, biz terma jamoamiz va "Dinamo"ning tayyorgarlik ishlari haqida Ravshan Haydarovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Ravshan Akmalovich, avvalambor O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Vengriyada o'tkazgan yig'ini yakuni haqida so'zlasangiz. Yig'indan ko'nglingiz to'ldimi?

- Yoshlar terma jamoasi bilan Vengriyada juda foydali bo'lgan yig'inni o'tkazib qaytdik. Avvalambor, mana shunday yig'inni yuqori saviyada tashkil etib bergan rahbariyatimizga minnatdorchilik bildiraman. Biz 2 iyul kuni 19 yoshli terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini yig'dik. To'rt kun mobaynida futbolchilarni sinovdan o'tkazib, 18 talik ro'yxatimizga tushgan futbolchilarni Vengriyaga olib bordik. Ushbu mamlakatda yig'in doirasida mezbonlarga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdik va dastlabki bahsda vengriyalik tengqurlarimizni mag'lub etgan bo'lsak, ikkinchi bahsda durang natija qayd etildi. Ushbu ikkita o'yinda ikki xil taktika bilan to'p surib, o'zimga kerakli bo'lgan xulosalarimni oldim. Umuman olganda, Toshkent va Vengriyada o'tkazgan yig'inlardan ko'nglim to'ldi. Endi navbatdagi yig'inimizni 10 avgust kuni ham poytaxtimizda o'tkazamiz va unda ham chempionatimizning ikki turi davomida o'zini ko'rsatgan yoshlarni taklif qilishni rejalashtirib turibman.

- Vengriyaga yo'l oladigan ro'yxatda dinamochi Firdavs Abdusalimov ham bor edi. Biroq yosh futbolchimiz so'nggi pallada yig'inga bormadi. Bu nima bilan bog'liq edi?

- Firdavs Abdusalimovning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. U Toshkentdagi yig'inimizda ham o'zini alo darajada ko'rsatdi. Afsuski, so'nggi pallada uning Vengriyaga yo'l olishi uchun viza masalasi hal bo'lmadi. SHu bois u biz bilan safarga borolmadi. Undan tashqari, yana bir qator iqtidorli yigitlarimizni olib borolmagan bo'lsakda, ular keyingi yig'inda ham biz bilan bo'lib, nazoratimiz ostida bo'lishadi.

- Dinamoning olib borayotgan tayyorgarligi haqida fikringiz?


- Toshkentda o'tayotgan yig'in Dinamoning ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rish rejasi doirasidagi ikkinchi yig'inidir. Oldinroq belgilangan rejamiz asosida murabbiylar shtabi tog'li hududda dastlabki yig'inni muvaffaqiyatli o'tkazishdi. Jamoa 19 iyuldan poytaxtda yig'ildi va seshanba kuni rejadagi dastlabki yig'inni Mashal jamoasiga qarshi o'tkazdi. Ushbu o'yinda jamoaning birinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinidan ko'nglim to'ldi. Natija ham shunga yarasha edi. Biroq nazorat uchrashuvida asosiy etibor barcha futbolchilarni sinovdan o'tkazib, shakllantirish hisoblanadi. SHu bois ikkinchi bo'limda asosan yosh futbolchilarni maydonga tushirilishi g'alabani qo'ldan chiqarilishiga sabab bo'ldi. Bunday o'yinda asosiysi natija emas, tayyorgarlik hisoblanadi. Bu tomondan esa futbolchilar menda yaxshi taassurot qoldirishdi.

- Jamoaning mashg'ulotlarini, o'yinini kuzatdingiz. Jamoa tarkibida o'zgarish qilish kerak deb o'ylaysizmi?

- Oldinda yana ikkita nazorat uchrashuvi bor. Paxtakor va Navbahorga qarshi o'yinlarda tarkib yanada shakllantirilishi mumkin. Yoshlar safidan ham asosiy tarkibga qo'shilayotgan mahalliy iqtidorli futbolchilar talaygina. Umuman olganda esa, hozirda ham jamoa tarkibi ancha shakllangan, deya olaman.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика