So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

Ravshan Haydarov: “Tayyorgarlik jarayoni biz kutgandek davom etmoqda” Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “Tayyorgarlik jarayoni biz kutgandek davom etmoqda”

O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayorgarlikni davom ettirmoqda.

Terma jamoa azolari guruh o'yinlari bo'lib o'tadigan Kraystcherch shahriga 28 may kuni etib keldi va bugungacha uchta mashg'ulot o'tkazdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Gondurasga qarshi 1-tur o'yiniga tayyorgarlik jarayoni meyorida olib borilayotganini va futbolchilar turnirga tayyor ekanini aytib o'tdi.

“Velingtondagi yig'inni yakunlab 28 may kuni Kraystcherchga etib keldik. Gonduras hamda Germaniya yoshlar terma jamoalariga qarshi o'yinlar aynan mana shu shaharda bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. Kraystcherchda bugungacha uch kun mashg'ulot olib bordik va barcha mashg'ulotlar har xil stadionlarda o'tkazildi. Aytishim mumkinki, mashg'ulotlar uchun ajratilgan maydonlar alo darajada. Tashkiliy tomondan ham terma jamoa uchun yaratilgan sharoitlarga etiroz yo'q. Havoning biroz sovuq ekani mashg'ulotlar jarayoniga halaqit bermayapti va bu holat navbatdagi o'yinlarga ham tasir o'tkazadi deb o'ylaymayman”, - deydi Haydarov.

"Amaliy mashg'ulotlar bilan bir qatorda har kuni terma jamoalar murabbiylar shtabi bilan futbolchilar uchun nazariy mashg'ulotlar ham o'tkazilmoqda. Ushbu mashg'ulotlar davomida guruh bosqichidagi raqiblarimizni o'rganib chiqmoqdamiz. Raqiblar borasida imkon qadar etarli malumotlar olinmoqda", - deya qo'shimcha qildi terma jamoa bosh murabbiyi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi shuningdek, terma jamoa azolari safida jarohat olganlar yo'q ekani va deyarli barcha futbolchilar 1-tur o'yiniga tayyor ekanini takidladi. “Tarkibimizda jaroxat olgan futbolchilar yo'q va barcha futbolchilar nasib qilsa musobaqaga tayyor. Biz esa o'z o'yinimiz bilan musobaqani ko'tarinki kayfiyatda boshlashga, muxlislar va bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchani xursand qilishga harakat qilamiz. O'z navbatida o'ylaymanki, muxlislar ham biz uchun duoda bo'ladilar va bizni qo'llab-quvvatlab turadilar”, - dedi Ravshan Haydarov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика