So’nggi yangiliklar

15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1

Ravshan Haydarov: Osiyo chempioni bo'lishni hamma istaydi Yangiliklar

Ravshan Haydarov: Osiyo chempioni bo'lishni hamma istaydi

Bugun Yangondagi Yangon mehmonxonasida U-19 Osiyo chempionati V guruhi jamoalari bosh murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida V guruhining 4 jamoasi – Avstraliya, BAA, Indoneziya va O'zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylari savollarga javob qaytardi. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov guruhdagi, umuman musobaqadagi barcha raqiblarini hurmat qilishini aytib, barchaga omad tiladi.

Bu erga hamma yaxshi niyatlar bilan kelgan, jumladan biz ham. G'alaba qozonish, guruhdan chiqish, jahon chempionatiga chiqish va Osiyo chempioni bo'lishni hamma istaydi. Biz ham istaymiz. Ishqibozlarimiz uchun g'alaba qozonishni istaymiz. Turnir yuqori saviyada va qiziqarli o'tishini istaymiz, - deydi Ravshan Haydarov.

Bu yoshdagi O'zbekiston terma jamoasi 2012 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempioni ekanligi matbuot anjumaniga kelgan xorijlik jurnalistlarning etiboridan chetda qolmadi. Aynan o'sha chempionlikning bu turnirda foydasi bo'ladimi, yo'qmi, shu xaqdagi savoliga Haydarov quyidagicha javob berdi: 2012 yilgi musobaqadagi tajriba bizga qo'l kelishi mumkin, ammo u tarkibdan bu tarkibga hamma futbolchilar ham etib kela olmadi. Menimcha, u turnir boshqa, bu esa boshqa musobaqa.

Ravshan Haydarov, shuningdek, musobaqa davomidagi minimum vazifa Jahon chempionatiga chiqish ekanligini aytib o'tdi.

Buning uchun eng avvalo guruhdan chiqish kerak. Keyin esa chorak finalda g'alaba qozonish kerak. Buni uddalagach, medallar uchun kurashga kirishamiz. Bu albatta qiyin bo'ladi, lekin oson vazifa yo'q, - deya takidladi Haydarov matbuot anjumanida.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Pol Okon ushbu musobaqa Jahon chempionati yo'llanmasini berishi nuqtai nazaridan muhim ekanligini alohida urg'uladi. Murabbiyga ko'ra, aynan shu jihat turnir ishtirokchilarining kuchiga kuch, g'ayratiga g'ayrat qo'shishi mumkin.

Biz buni oldindan bilar edik va hozir ham yaxshi tushunamiz. Hamma Jahon chempionatiga borishni istaydi, lekin yo'llanma 4 ta. Biz bunday kurashga tayyormiz, - deydi Okon.

Birinchi turda O'zbekistonga qarshi o'ynaydigan Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi Indra Syafrining so'zlariga ko'ra, jamoa futbolchilari bu yosh toifasida Osiyo chempionatida anchadan beri ishtirok etmay qo'yganligiga etiborni qaratdi va jamoaning asl maqsadi OFKning nufuzli turnirida indoneziyaliklarning nufuzini qayta tiklash ekanligini aytdi.

Bizning yoshlarimiz Osiyo chempionatlarida anchadan beri ishtirok eta olmaydi. Mana nihoyat biz ham bunday nufuzli musobaqaga qaytdik. Biz uchun bu turnirda yutish va yutqazishdan ko'ra, indoneziyaliklarni esda qoldiradigan darajada chiroyli ishtirok etish muhimdir, - deydi Syafri.

BAA bosh murabbiyi Abdulla Mesferning so'zlariga ko'ra, jamoaning 9 nafar azosi o'z yurtidagi harbiy xizmatga chaqirilgan.

9 futbolchimiz harbiy xizmatga ketdi. Bu mamlakatdagi qonun va biz uni hurmat qilamiz. Lekin, shu bilan birga asosiy tarkibning 9 nafar futbolchisining o'rniga boshqa futbolchi topish qiyin kechganini ham aytmasdan ilojim yo'q. Kamiga 2 ta futbolchimiz ham jarohat olib berdi. Men bu bilan oldindan hech narsaga ishora qilayotganim yo'q. Bu narsa bizni yanada kuchli bo'lishga undadi demoqchiman, - deydi Mesref.

V guruhida O'zbekiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni birinchi bo'lib o'ynaydi. Mahalliy vaqt bilan 15:30da, Toshkent vaqti bilan 14:00da, O'zbekiston Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda esa Avstraliya BAA bilan o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика