So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  6 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  16 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Ravshan Haydarov: "Oldimizga qo'yilgan vazifa bajarildi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Oldimizga qo'yilgan vazifa bajarildi"

Bugun bo'lib o'tgan "Dinamo" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etib savollarga javob berib o'tdi.
"Bugun chempionatni yakuniy uchrashuvi va buni o'z maydonimizda o'tkazdik. Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan "Neftchi"ga qarshi uchrashuv o'ta qiyin bo'ldi. Ikki jamoa ham hech bo'lmasa oxirgi turda o'z o'rnini yaxshilash uchun harakat qilayotgan edi. Biz har doim imkon qadar yuqoriroq ko'tarilishni maqsad qildik va shuning uchun g'alaba bizga bunday imkoniyatni berar edi. Futbolchilar bugun mavsumdagi eng  yaxshi o'yinini ko'rsatishdi".

"Birinchi bo'lim haqida gapiradigan bo'lsak bizga birinchi bo'limda kiritilgan gol katta ahamiyatli bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa qarshi hujumda o'ynab standartdan hisobni oshirishga erishdik. Bu g'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz. "Dinamo" o'z boshidan qiyin vaziyatlarni o'tkazdi va mana mavsum oxirida yaxshilik bilan yakunlandi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. " - deya o'z fikrlarini bildirib o'tadi Ravshan Haydarov

Eslatma: Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Amet Memet ishtirok etishi kerak edi, lekin mehmonlar bosh murabbiyi matbuot anjumaniga kirishni istamadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика