Ravshan Haydarov: “Haqli ravishda g'alaba qozondik”
11 iyu 2015 14:48
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: “Haqli ravishda g'alaba qozondik”
“Albatta, barchamiz juda xursandmiz. Yigitlarga katta rahmat. Barcha ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi va biz haqli ravishda g'alaba qozondik. O'yin uchun tanlangan to'g'ri taktika va yigitlarimiz bor kuchini berib o'ynagani g'alaba biz tomonda bo'lishini taminladi deb o'ylayman”.
“Doston Hamdamov bugun juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Uning kiritgan ikki goli bizga g'alaba keltirdi. Biroq bu g'alaba uchun qolgan barcha yigitlar ham birdek mehnat qilishdi. G'alaba barchaniki. Hamma bu g'alabaga o'z hissasini qo'shdi”.
“Biz himoyada ehtiyotkorlik bilan harakat qilib, qarshi hujumlarda raqibni “ushlashga” harakat qildik va bu taktikamiz ish berdi. Birinchi bo'limda biroz sovuqqonlik etishmadi. Ammo ikkinchi bo'limda bosimni biroz oshirdik. Himoyachilarimiz ham hujumlarga yaxshi qo'shildi”.
“Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat. Biz chorak final bilan chegaralanib qolmoqchi emasmiz. Turnirga avvalgi natijalarni yanada yaxshilash uchun kelganmiz. Futbolchilar ham buni yaxshi bilishadi”, - deydi Ravshan Haydarov.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar