So’nggi yangiliklar

11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  2 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  3 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  1 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  1 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  20 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  4 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  13 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  4 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  12

Ravshan Haydarov: “Eng kuchli raqiblardan biriga mag'lub bo'ldik” Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “Eng kuchli raqiblardan biriga mag'lub bo'ldik”

Germaniya hamda O'zbekiston yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etdi va o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

“Biz bugun kuchli raqibga mag'lub bo'ldik. Raqib kuchidan kelib chiqib himoyada ehtiyotkorlik bilan harakat qilish va qarshi hujum taktikasidan foydalanishga harakat qildik. Birinchi bo'limda futbolchilar yomon harakat qilishmadi, ammo yana jarima to'pidan gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda, birinchi bo'limda Germaniya terma jamoasida deyarli imkoniyat bo'lmadi”, - deydi Haydarov.

“Ikkinchi bo'limga mag'lub bo'lib turgan holatda maydonga tushdik. Himoyada ehtiyotkor o'yin namoyish etishimiz kerak edi, ammo yana himoyada kichik xatolarga yo'l qo'ydik”, - deya qo'shimcha qildi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

“Guruhda ayni damda vaziyat shundayki, ikkinchi o'rin uchun kurash so'nggi turda hal bo'ladi. Imkoniyatimiz bor ekan, so'nggigacha kurashamiz”, - deydi Haydarov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика