So’nggi yangiliklar

22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  68 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  9 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  5 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  3

Ravshan Haydarov: "Bugun turli taktik sxemalarni amalda qo'llab ko'rdik" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Bugun turli taktik sxemalarni amalda qo'llab ko'rdik"

Samarqandning "Dinamo" jamoasi bugun "Navbahor" bilan sinov-nazorat bahsini o'tkazdi.
O'yinda namanganliklar 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng Ravshan Haydarovning fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Bu kabi sinov-nazorat o'yinlarida natija u qadar muhim ahamiyat kasb etmaydi. Asosiysi qo'l ostimizdagi futbolchilarning imkoniyatini ko'zdan kechirish edi. SHu bois bugun biz turli taktik sxemalarni amalda qo'llab ko'rdik. Tarkibimiz ham aralash bo'ldi. Uchrashuvdan o'zimizga kerakli xulosalarni chiqarib oldik", - deydi Ravshan Akmalovich.

- Bugun jarohati borligi tufayli SHahboz Erkinov maydonga tusha olmadi. Safimizni esa eng so'nggilardan Ildar Magdeev tark etdi. Bugungi uchrashuvdan so'ng Feruz Boboqulovga ham javob berdik.

- Asosiy tarkib o'zagini deyarli aniqlab oldik. SHu bois endi jiddiy haridlar amalga oshirilmaydi. Yoshlar jamoasi tarkibidan o'zini ko'rsatgan bir talay yoshlarni asosiy tarkibga jalb etishni va zaxiramizni aynan mazkur o'yinchilar bilan yanada kuchaytirishni o'ylab turibmiz.

- Bugun darvozani Melnichuk bilan Mixaylov bir taymdan qo'riqlagani sababli iqtidorli Asilbek Omonov zaxirada qoldi. Lekin bu posbondan ham umidimiz katta  deya o'z fikrini yakunladi "Dinamo" bosh murabbiyi.

Islombek Rustambekov yozib oldi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика