So’nggi yangiliklar

08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  0 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  4 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5

Ravshan Haydarov: "Bu bosqichgacha etib kelish hech kimga oson bo'lmadi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Bu bosqichgacha etib kelish hech kimga oson bo'lmadi"

Bugun Yangondagi "Taw Bin Garden" mehmonxonasida O'zbekiston U19 va KXDR U19 terma jamoalari bosh murabbiylar o'rtasida matbuot anjumani o'tkazildi.
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov matbuot anjumanida KXDR kuchli, tartibli va intizomli jamoaligini takidladi.

Ravshan Haydarovning aytishicha, SHimoliy Koreya barcha chiziqda birdek intizomli o'ynaydi va shuning uchun ham yarim finalgacha etib keldi.

"SHimoliy Koreyani avvalo Jahon chempionatiga chiqqani bilan tabriklayman. Bu bosqichgacha etib kelish hech kimga oson bo'lmadi. Bunday turnirda 4ta o'yin o'tkazgan jamoada har qanday yo'qotish bo'ladi. Jarohatlar, kartochkalar, yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Bizda ham kichik jarohat olgan futbolchilar bor. Mutaxassislar ishlashyapti. Lekin, Akrom Komilov kartochkalari tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi", - deydi Ravshan Haydarov

Ravshan Haydarovga ko'ra, gol o'tkazmasdan o'ynash vaqti ham keldi, O'zbekiston har o'yinda gol o'tkazib yubormoqda.

"Bu ataylab qilinmaydi. Futbol xatolardan iborat va biz buni yaxshi tushunamiz. Xatolardan o'rganamiz va o'yinni yaxshilaymiz".



SHimoliy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi An Ye Gun esa uning jamoasida jarohat olganlar yoki kartochkalari to'planib qolganlar yo'qligini aytdi.

"Kartochkalar yarim final oldidan kuyib ketdi va tarkibda bu borada muammo yo'q. Jarohat olganlar ham yo'q. Biz 4 ta o'yinni Neypidoda o'tkazganimiz va yarim finalning yangi shahar va yangi sharoitlarda o'tkazilishi muammo tug'dirmaydi. Biz kecha Yangonga uchib keldik. Kecha kechga borib tiklanish bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazildi. Bugun yana mashg'ulot. Hammasi joyida. O'zbekiston kuchli jamoa va qiyin o'yin bo'ladi. Lekin, chorak finaldagi irodali g'alaba bizga qo'shimcha motivaciya beradi. To'g'ri, biz 120 daqiqa o'ynadik, yana 1 kunimiz yo'lda o'tdi. Lekin, bizni hech narsa chalg'ita olmaydi. G'alaba uchun borimizni beramiz. O'zbekiston bilan o'yin oson bo'lmaydi. Osiyoning eng kuchli jamoalaridan. Baland bo'yli va tezkor hujumchilari, ayniqsa, xavflidir", - deydi An Ye Gun.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi o'yin 20 oktbyar kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.
 

O'FF matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика