Ravshan Ermatovga atalgan sher (Iqbol Mirzo)
29 iyu 2014 15:54
Yangiliklar
Ravshan Ermatovga atalgan sher (Iqbol Mirzo)
O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo JCHda rekord o'rnatgan hamyurtimiz Ravshan Ermatovga atab sher yozdi.
"Adolat hushtagi"
Tartib va qoida shartdir har ishda,
Kim g'irromlik qilar, kimdir shoshilar.
Dunyoning yarmini aylab sarishta
Hakamlik qilganlar Qaffol SHoshiylar.
O'ziga qaratib olam elini,
Hukmini o'tkazib, joyi-joyida,
Arabga o'rgatgan arab tilini
Zamaxshariy bobo tuzgan qoida!
Teran tomirlarga tutash ildizlar,
Noming elda doston bo'lib yuribdi.
Futbol qiroliman, degan yulduzlar
Bitta hushtagingga qarab turibdi.
Istiqlol farzandi tushsa maydonga,
OTA o'g'illigi bilinib turgay.
Halollik bongini urib jahonga,
Adolat hushtagi chalinib turgay!
Iqbol MIRZO,
O'zbekiston xalq shoiri
Tartib va qoida shartdir har ishda,
Kim g'irromlik qilar, kimdir shoshilar.
Dunyoning yarmini aylab sarishta
Hakamlik qilganlar Qaffol SHoshiylar.
O'ziga qaratib olam elini,
Hukmini o'tkazib, joyi-joyida,
Arabga o'rgatgan arab tilini
Zamaxshariy bobo tuzgan qoida!
Teran tomirlarga tutash ildizlar,
Noming elda doston bo'lib yuribdi.
Futbol qiroliman, degan yulduzlar
Bitta hushtagingga qarab turibdi.
Istiqlol farzandi tushsa maydonga,
OTA o'g'illigi bilinib turgay.
Halollik bongini urib jahonga,
Adolat hushtagi chalinib turgay!
Iqbol MIRZO,
O'zbekiston xalq shoiri
Fikrlar